Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq
- Odatdagi tartib 2. O’zgargan tartib (inversiya)
- 1-topshiriq
6.Daraja-miqdor holi ish-harakatning darajasi va miqdorini bildirib, qancha?, nechta?, necha marta?, qay darajada?, qanchalab?, nechalik?, qanchalik?, kabi so’roqlarga javob bo’ladi va quydagicha ifodalanadi:
1.Miqdor ravishi bilan:Do’stim bu haqida ko’p gapirgandi.. 2.Son bilan: O’quvchi she’rni yetti marta o’qidi. 3-topshiriq: Hollarni toping va ularning ma’no turini aniqlang. 1.Degil inson desang ani ne ajab, bo’lmasa qirq yasharda aql-u adab. 2.Kishi ko’pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi. 3.Biri mahv bo’layotgan joyda ikki kishi birlashib bir-birini qutqarishi mumkin. 4.Kishi jamiyat uchun yaralgan. U yolg’iz yashashga layoqatli emas va yakka yashashga jur’ati yetmaydi. 5.Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak. 6.Faqat odamlar orasidagina kishi o’z-o’zini anglashga qodir. Gap bo’laklari tartibi.Gap bo’laklarining tartibi ikki xil bo’ladi: 1.Odatdagi tartib 2. O’zgargan tartib (inversiya) O’zbek tilida gap bo’laklarining joylashishida odatda ega va unga bog’langan bo’laklar oldin, kesim va unga bog’langan bo’laklar keyin turadi,lekin nutqda doimo ham gap bo’laklarining odatdagi tartibi saqlanavermaydi.Gap bo’laklarining tartibi o’zgarishi inversiya hodisasi deyiladi. Inversiyada gap bo’laklari tartibi quyidagicha bo’ladi: 1.Ega kesimdan keyin keladi: Shovulladi tun bo’yi shamol. 2.To’ldiruvchi kesimdan keyin keladi: Men nechun sevaman O’zbekistonni. 3.Vaziyat holi kesimdan keyin keladi: Mayin shamol esadi gir-gir. Ayrim gap bo’laklarining qat’iy o’rni bor. Sifatlovchi aniqlovchi avval, sifatlanmish keyin keladi. Bu tartib ozgartirilsa, grammatik tuzilishi ham o’zgaradi: Chiroyli gul ochildi. Gul chiroyli ochildi. Eslatma: Odatdagi tartib ilmiy asarlar va so’zlashuv uslubi uchun mos bo’lsa, o’zgargan tartib og’zaki nutq uslubi va badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi, qisman publitsistik uslub uchun xosdir. 1-topshiriq: Berilgan gaplardagi gap bo’laklarini odatdagi tartib bo’yicha joylashtiring. 1.Hammadan balanddir ona mansabi. 2.Boshni fido ayla ato boshig’a, jismni qil sadqa ano qoshig’a. 3.Odamning mevasi farzand emish derlar bu dunyoda. 4.Farzand mehri aritar g’am zangini ko’ngildan. ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling