Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesim va uning ifodalanishi
- Fe’l kesimlar
1-topshiriq: Gap bo’laklarini aniqlab tagiga chizing.
Ovchi va kaklik Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni o’ldirmoqchi bo’lgan ekan, kaklik: “Meni ozodlikka qo’yib yubor, - deb yalinibdi. – Agar meni tirik qoldirsang, evaziga to’ringga juda ko’p kakliklarni ilintirib beraman”, - debdi.Ovchi kaklikni qo’yib yuborishga moyil bo’lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g’azablanib shartta o’ldiribdi. Kesim va uning ifodalanishi Kesim gap markazi bo’lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi. Gapda kesimgina boshqa bo’laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi. Qolgan bo’laklar kesimga nisbatan aniqlanadi. Boshqa bo’laklar javob bo’lishi lozim bo’lgan so’roqlar kesimga qarab beriladi. Kesim gapning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanadi. Kesim nima qilmoq?, kimdir?, nimadir?, nima bo’lmoq?, qandaydir?, u kim?, u nima?, u nechta? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Kesim qaysi turkum so’zlar bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil: a) fe’l kesim; b) ot kesim. Fe’l kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega: 1. Sof fe’l kesimlar: Men maktabga boraman. 2. Ba’zan ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Ishning boshi – boshlanguncha. Eslatma: -guncha qo’shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo’lib kelishi mumkin. Ot kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi, taqlid so’zlar bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Yaxshi ro’zg’or – jannat. 2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. 3. Son bilan: Ikki karra ikki – to’rt. 4. Olmosh bilan: O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir. 5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p. 6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo’q. 7. Harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o’qish. 8. Sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o’lgani, eman daraxtining egilgani – so’lgani. 9.Taqlid so’z bilan: Ko’chada odam g’ij-g’ij. 10.Undov so’z bilan:Endi uning holiga voy. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling