Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot
Download 388.95 Kb.
|
Mohira2702..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma: 1.
- 2- topshiriq
- Teng bog’lovchilar
BOG’LOVCHI
Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi soda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bog’lovchilar deyiladi. Ular qo’llanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1) yakka holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: chunki, basharti, agar, mabodo, balki, holbuki, va; 2) takror holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: goh…, goh… ; ham… , ham…; bir…, bir… ; Eslatma: 1.Ayrim bog’lovchilar yakka holda ham, takror holda ham qo’llanila oladi. M: Yo men boray, yo soz keling. Men baraymi yo siz kelasizmi? 2. Takror holda ishlatiladigan bog’lovchilarning ayrimlari esa faqat takror holda qo’llangandagina bog’lovchi hisoblanadi. Yakka holda qo’llanganda esa o’zi mansub bo’lgan so’z turkumiga taalluqli bo’ladi.M: Bir yomg’ir yog’adi, bir quyosh chiqadi. Bu gapni eshitib yigit cholga bir qarab qo’ydi. Bir – son, ba’zan – ravish, ham – yuklama, dam – ot. Bog’lovchilar 2 xil bo’ladi: 1. Sof bog’lovchilar. 2Vavifadosh bog’lovchilar. Sof bog’lovchilar: va, ammo, lekin, biroq, hamda. Vazifadosh bog’lovchilar:bilan (ko’makchi), ham, na…, na…; -u, -yu, -da(yuklama), balki (modal so’z). M: Akam bilan ukam kinoga borishdi. (bog’lovchi) Akam ukam bilan kinoga bordi. (ko’makchi). 1- topshiriq: Bilan bog’lovchi bo’lib kelgan o’rinlarni aniqlang va o’sha gaplarning tagiga chizing. 1.Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. 2.Endi buva bilan yong’oq tepasida o’tirgan nevara teng odamday gaplashishadi. 3.Odam odam bilan tirik. 4.Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. 5.Eshon bilan Kifoyatxon qulay bir joyni topib, bularni kuzatishardi. 6. Jiyda esa bahor paytlari butun shaharni o’zining hidi bilan to’ldirardi. 2- topshiriq: Balki so’zi bog’lovchi vazifasida kelgan gaplarning tagiga chizing. 1.Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. 2.Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 3.Sobir nafaqat o’qishda, balki sportda ham eng faol o’quvchi. 4.Ertalab o’ziga isitib berish uchun, balki, shunaqa deyayotgandir. 5.Inson go’zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. Bog’lovchilar ma’no va vazifasiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1. Teng bog’lovchilar. 2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklarni vat eng huquqli bo’lgan sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun ishlatiladi. Teng bog’lovchilar 4 xil bo’ladi: 1. Biriktiruv. 2. Zidlov. 3. Ayiruv. 4. Inkor. I. Biriktiruv bog’lovchilari: va, hamda, bilan, -u, -yu, -da, ham. Va , hamda sof bog’lovchilardir. Bilan ko’makchi- bog’lovchsi uyushiq bo’laklarni bog’laganda bog’lovchi, o’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lasa ko’makchi bo’ladi. M: Gul bilan lola; qalam bilan yozdi. –u, -yu, -da yuklama-bog’lovchilari qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lasa, undan keyin vergul qo’yiladi.Bu yuklama-bog’lovchilar chiziqcha bilan yoziladi.M: Eshik ochildi-da, Bahora kirib keldi. Download 388.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling