Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet71/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

1-topshiriq:Ravishlarni topib, ma’no turini aniqlang.
1.Hozir mol-jon o’rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog’I bir gap bo’lar. 2.Mehmondorchilik tugagach, u uzundan uzun duo qilib o’rnidan turdi. 3.Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o’yib yuboribdilar. 4.Uni buguncha tinch qo’y. 5.O’rtancha botir qo’rqmadi, ji turdi. 6.Shunda bechora sayyor iltimos qilmish darrov,Vasiyatimni aytay,agar bo’lsa bemalol. Ravishlarning yasalishi. Ravishlar 3 xil yo’l bilan hosil qilinadi: 1. Morfologik (affiksatsiya) usulida so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish orqali ravishlar yasaladi. M: mardona, bolalarcha, qalban, yigitcha (-cha omonim qo’shimcha bo’lib, uni quyidagicha farqlash lozim. Agar -cha qo’shimchasi o’rniga kichkina so’zini qo’yish mumkin bo’lsa, -cha otning kichraytirish shakli hisoblanadi: qushcha-kichkina qush; -cha o’rniga –dek, kabi, singari ko’makchilarini qo’shish mumkin bo’lsa, -cha ravish yasovchidir: yigitcha – yigit kabi) 2. Sintaktik (kompozitsiya) usulida qo’shma ravishlar hosil qilinadi. Qo’shma ravishlar quyidagicha hosil qilinadi: a)ko’rsatish olmoshlari + payt yoki o’rin ravishlari: u yerda, shu vaqt, o’sha yoqdan, bu yerda; b) tarkibida har, hech, hamma, bir, qay so’zlari bo’lgan ravishlar: bir zum, har vaqt, hech vaqt, hamma vaqt, qay payt. Quyidagi qo’shma ravishlar qo’shib yoziladi: allamahal, allavaqt, biryo’la, birvarakay, birpas, birvarakayiga, biroz, birmuncha, birato’la, buyon. Eslatma: Qay so’zi yoq, yer so’zlari bilan kelsa, y tovushi tushib qoladi va qo’shib yoziladi: qayoqqa, qayerga. 3. Boshqa so’z turkumining ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar: a)otlardan: erta, indin, kecha; b)sifatlardan: yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, beomon; d) ravishdoshlardan: osha, o’ta, qo’sha, qayta; e)taqlid so’zlardan: shartta, tappa, taqqa, chippa. Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari: 1. Sodda ravishlar: a) tub- hozir, ko’p, so’ng; b) yasama – mahsichang, haftalab. 2. Qo’shma: hamma zamonda, qay zamon, har vaqt, biroz. 3. Juft ravishlar: erta-kech, asta-sekin, bugun-erta. O’rin-payt kelishigini olib juftlashgan ba’zi ot, olmosh turkumiga oid so’zlar ham juft ravishlarga kiradi: oyda-yilda, unda-bunda. 4. Takroriy ravishlar: tez-tez, uyma-uy, qadam-baqadam, qayta-qayta, qo’sha-qo’sha, bilinar-bilinmas, shartta-shartta, birma-bir, o’z-o’zidan.
2-topshiriq: Ravishlarni toping va ularni izohlang.
1.Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo’q. 2.Bu gaplarni eshitib turgan bola birdan kelib boshini Zaynabning tizzasiga qo’ydi. 3.Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darhol javob bera qoldim. 4.Xo’roz arang qochib qutilibdi. 5.Otamizning o’lganiga ancha yil o’tib ketdi.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ismlar
Qadimgi hindlar tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan va so’zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan. Arablar ham, yunonlar ham qadimgi hind tilshunoslari fikrlari asosida so’zlarni ismlar(bu atamani birinchi bo’lib arablar kiritgan), fe’llar, yordamchilarga ajratadi. Rus tilshunoslari ham mustaqil so’zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’lga ajratishadi.Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, olmosh, sonni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o’rganib kelishgan. Ismlarga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi va taqlid so’zlar kiradi. M: Kecha uyda oila a’zolarimizning yig’ini bo’lib o’tdi. Ismlarning lug’aviy shakllariga ko’plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalar kiradi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling