Jizzax davlat pedaggikainstituti
III. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Download 413.41 Kb. Pdf ko'rish
|
umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi
III. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
Laboratoriya mashg’ulotlari professional tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi va har bir talaba tomonidan alohida bajariladi. Laboratoriya mashg’ulotlari talabalar tomonidan nazariy bilimlami mustahkamlash uchun har bir mavzu bo’yicha alohida o ’zlashtiriladi. Laboratoriya mashg’ulotlari mavzularining mazmunidan kelib chiqib total, kesma, vaqtli preparatlar, jadval, plakat, sxema, mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan va fiksatsiya qilingan hayvonlar, sur’atlar, videofilmlar va boshqa o’quv ko’rgazmali qurollar yordamida o’zlashtirilib, tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi. Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Hayvonlami o’rganishda foydalaniladigan optik asboblar-mikroskoplar, binokulyarlar va lupalaming tuzilishi hamda ulardan foydalanish. 2. Bir hujayralilar (Protozoa) kenja dunyosi. Evglenozoalar (Euglenozoa) tipi, Evglenasimonlar (Euglenoidea) sinfi vakillar: Euglena viridis yoki Euglena gracilisning tuzilishi va ko’payishi. 3. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Volvokssimonlar (Volvocida) sinfi, kolonial xivchinlilar vakili Volvox sp. (volvoks) ning tuzilishi v a k o ’payishi. 4. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) sinfi vakillari: tripanosoma, lyambliya, leyshmaniya, trixomonaslaming tuzilishi va ko’payishi. 5. Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) tipi, Gregarinalar (Gregarinina) sinfi vakili suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi. 6. Qon sporalilari (Hematozoea) sinfi vakili Plasmodium sp.(bezgak plazmodiumi) ning tuzilishi va rivojlanish sikli. 7. Infuzoriyalar (Infusoria) yoki Kipriklilar (Ciliophora) tipi, Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi vakili Infuzoriya-tufelka (Paramecium caudatum) ning tuzilishi va ko’payishi. 8. Amyobasimon sodda hayvonlar (Ameboid-Protozoa). Sarkodalilar (Sarcodina) kenja tipi, Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillari: Oddiy amyoba (Amoeba proteus), Arsella (Arcella vulgaris), Difflyugiya (Difflugia pyriformis) va Foraminiferalar (Elphidium crispum) ning tuzilishi, jinssiz va jinsiy ko’payishi. 9. G ’ovaktanlilar (Spongia, yoki Porifera) tipi, Oddiy g ’ovaktanlilar (Demospongia) sinfi vakili Chuchuk suv bodyagasi (Spongilla lacustris) ning tuzilishi va ko’payishi. 10. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipi, Gidrozoalar (Hydrozoa) sinfi vakillari Chuchuk suv gidrasi, koloniya bo’lib yashovchi gidropoliplar-Obeliya polipi koloniyasining tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payishi. 11. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi vakili Aureliya meduzasining tuzilishi, harakatlanishi, oziqlanishi va ko’payishi. 12. Korall poliplar (Hexacorallia) sinfi, Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi, Aktiniyalar (Actiniaria) turkumi vakili Oddiy yoki ot aktiniyasi (Actinia equine) ning tuzilishi va ko’payishi. 13. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) tipi, Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi vakili Oq planariya (Dendrocoelum lacteum) ning tashqi va ichki tuzilishi hamda ko’payishi. 14. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi vakili Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) ning tashqi va ichki tuzilishi hamda so’rg’ichlilar jinsiy sistemasining tuzilishi va rivojlanish sikli. So’rg’ichlilar sinfi ayrim vakillarini tuzilishi va rivojlanishi. 15. Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi vakillari qoramol (Taeniarhynchus saginatus) va cho’chqa (Taenia solium) tasmasimon chuvalchanglarining tuzilishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglami ayrim vakillarini tuzilishi va rivojlanishi. 16. Mollyuskalar (Mollusca) tipi, qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi vakillari Chuchuk suv shillig’i yoki yalang’och shilliqning tashqi va ichki tuzilishi, harakatlanishi. 17. Ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) sinfi vakili baqachanoqning tashqi va ichki tuzilishining asosiy xususiyatlari. 18. Boshoyoqli mollyuskalar (Cephalopoda) sinfi vakili Karakatitsa (Sepia officinalis) ning tuzilishi va yashash muhiti. Oziqlanishi va ko’payishi. 19. Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi, K o’p tukli halqalilar (Polychaeta) sinfi vakili Nereisning bosh qismi, dumi va parapodiysining tuzilishi. Qum chuvalchangining tuzilishi. 20. Kam tuklilar (Oligochaeta) sinfi vakili yomg’ir chuvalchangining tashqi va ichki tuzilishi, teri-muskul xaltasi, harakatlanishi va refleksi. 21. Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakili tibbiyot zulugining tashqi va ichki tuzilishi. 22. B o’g ’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipi, O ’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi vakili butli o’rgimchakning tashqi va ichki tuzilishi. 23. O ’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi. Qoraqurt, sariq chayon, falanga va mol kanalarining tashqi tuzilishi. 24. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi, Yuksak qisqichbaqasimonlar sinfi, O ’noyoqlitar (Decapoda) turkumi vakili daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, tana bylimlari, oyoqlari va tana qoplag’ichi. 25. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi: hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv va jinsiy sistemalari. 26. Qisqichbaqasimonlaming xilma-xilligi. Dafniya, siklop, yonlab suzaming tuzilishi va harakatlanishi. 27. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi, K o’poyoqlilar (Myriapoda) katta sinfi, Laboyoqlilar (Chilopoda) sinfi, qattiq qalqonlilar (Lithobiomorpha) turkumi vakili oddiy qalqondor (Lithobius forficatus) ning tuzilishi va ko’payishi. 28. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi, Oltioyoqlilar (Hexapoda) yoki hasharotlar (Insecta) katta sinfi, Ochiq jag ’li hasharotlar (Insekta-Ectognatha) sinfi, Suvaraklar turkumi vakili qora suvarak, To’g ’riqanotlilar turkumi vakili chigirtka va qo’ng’izlar turkumi vakili may qo’ng’izining tashqi tuzilishi. 29. Hasharotlar og’iz organlarining xilma-xilligi: kemiruvchi, kemiruvchi-so’ruvchi, so’ruvchi, sanchib-so’ruvchi va yalovchi tipidagi og’iz organlari tuzilishi. Download 413.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling