Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


Madaniy-obida  va    yodgorliklar  bebaho  qadriyat


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

Madaniy-obida  va    yodgorliklar  bebaho  qadriyat.  Har  qaysi  xalq  yoki 

millatning  ma’naviyatini  uning  tarixi,  o’ziga  xos  urf-odat  va  an’analari,  hayotiy 

qadriyatlaridan  ayri holda  tasavvur  etib  bo’lmaydi. Bu  borada,  tabiiyki, ma’naviy 

meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri 

bo’lib xizmat qiladi. 

 

Kishlik jamiyati taraqqiyoti jarayonida insoniyat tomonidan Mirs exromlari , 



Tojmaxal,  Perudagi  gigant  xaykallari,  Turkiyadagi  yer  osti  shaharlari,  Efel 

minorasi  singari  yuzlab  ulkan  inshoatlar,  noyob  me’moriy  muxandislik  jihatlari 

bilan har qanday kishini xayratga soladi.     

 

O’zbekiston  -  bu  ko’hna  tuproqda  milodgacha  bo’lgan  davrda  va  undan 



keyin  qurilgan  murakkab  suv  inshootlari,  hali-hanuz  o’zining  ko’rku  tarovatini 

saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va 

hunarmandchilik  madaniyati,  me’morlik  va  shaharsozlik  san’ati  yuksak  darajada 

rivojlanganidan  dalolat  beradi.  Mamlakatimiz  hududida  mavjud  bo’lgan  to’rt 

mingdan  ziyod  moddiy-ma’naviy  obida  umumjahon  merosining  noyob  namunasi 

sifatida  YUNESKO  ro’yxatiga  kiritilgani  ham  bu  fikrni  tasdiqlaydi.  Ular 

xalqimizning  o’tmishini  o’zida  mujassam  etgan  milliy  qadriyatlarimiz  namunasi, 

xalqimizning    bebaxo  mulkidir.  Yurtimizdagi  yuzlab  ko’xna  va  betakror  obidalar 

asrlar davomida jahon axlini lol etib kelmoqda.  

 

Mir Arab madrasasi, masjidi kalon, Mag’oki Attor masjidi, Toqi Zarg’aron,  



Toqi Sarrafon, Toqi Telpakfurushon, Karmanadagi Xazrati Qosimshayx xonaqoxi, 

Timi  Kalon,  Modarixon  madrasasi,  Oyposhsha  Oydin  madrasasi,  Fatxulla 

qushbegi  madrasasi,  Fayzabod  xonaqoxi,  Do’stum  madrasasi,  Abdullaxon 

madrasasi fikrimizning  dalilidir. 




 

23 


 

XIX  asrning 40 yillarida  Buxoroda  38 ta karvonsroy bo’lib,  ularda musofir 

savdogarlar  istiqomat  qilganlar.  Karvonsaroyda  ombor,  do’kon,  ustaxona, 

mehmonxonalar bo’lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga 

tegishlilari  bo’lgan.  Buxoro  karvonsaroylariga  har  yili  12-15  ming  tuyada  mol 

kelgan.  Savdo  ishini  karvonboshi–amirlikdagi  barcha  savdo  ishlarining 

boshqaruvchisi boshqargan. 

 

Buxoro    ichki  va  shaharlararo  savdo  to’qqizta  tim  va  chorsuda  amalga 



oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 ta masjid va 83 ta hovuz mavjud 

bo’lgan. 

 

Ichan  qa’la  bobolarimizdan  qolgan  Markaziy  Osiyodagi  yirik  va  noyob 



me’moriy yodgorliklardir. U “Ming gumbaz shahri” nomi bilan  mashhurdir. Ichan 

Qa’la  Xiva  shahrining  ichki  qa’la  (Shahriston)  qismidir.  Ichan  qa’la  Dishan 

qa’ladan  devor  bilan  ajralib  turadi.  Unga  Bog’cha,  Polvon,  Tosh  va  Ota  deb 

nomlangan  to’rtta  darvoza  orqali  kiriladi.  Xorazm  o’lkasi  me’morchiligining 

ajoyib obidalari – madrasa, masjid, saroy va minoralar ichan qa’ala joylashgan. 

 

 Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan Sharif shahar Buxoro o’zining 



me’moriy obidalari bilan dunyoga mashhurdir. Minorai Kalon, Shahriston, Ismoil 

Samoniy  maqbarasi,  chor  minor  va  boshqa  ko’plab  me’moriy  obidalar 

ajdodlarimizdan  qolgan  bebaho  durdonalardir.  Buxorolik  ustalarning  aql  zakovati 

bilan  buxoroda  bunyod  etilgan  me’moriy  obidalarning  har  biri  o’ziga  xos  sir-

sinoatga  ega.  Ularning  barchasida  insonlarni  oliyjanob  fazilatlar  sohibi  bo’lishga 

undash va da’vati ustovorlik qiladi. 

 

Mustaqillik  yillarida  bunyod  etilgan  “Kuhan  va  boqiy  Buxoro”  me’moriy 



obidasi  o’zida  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  aks  ettirgan.  Mazkur 

monument o’zida: 

  oilaning muqaddas va mustahkaligi; 

  ezgu  ishlar-farzand  tarbiyasi,  uy  qurish  va  bog’  bunyod  etishning 

ulug’langanligi; 

  muqaddas avliyo va pirlar ruxlarining qo’llab-quvvatlashiga erishmoq, 

bu maqsadda faqat xayrli va savobli ishlar qilmoqlik

  ajdodlar ugitlariga amal qilishga da’vat qilinganlik; 

  ko’p ming yillik tarixiy madaniyatning farzand tarbiyasiga muntazam 

va ijodiy ta’sirining ko’rsatilganligi; 

  ilm-fan,  ma’naviyt  taraqqiyotiga  va  yurt  ravnaqiga  munosib  xissa 

qo’shganlarni qadrlash; 

  yurtimizni  buguni  va  kelajagiga  ishon  ruhining  chuqur 

ifodalanganligi; 

  O’zbekistonni dunyo tan olgan yurt sifatida e’zozlash, uning ijtimoiy-

iqtisodiy  taraqqiyotiga  munosib  ulush  qo’shish  yo’lida  fidokorona 

mehnat qilishga da’vat; 

  Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi  va  xalq  farovonligi  yo’lida  kurashga 

tayyor bo’lish; 

  O’zidan  ozod  va  obod  Vatan,  farovon  xayot  qoldirish  yo’lidagi 

kurashda faollik ko’rsatish g’oyasi;  

  o’z shahri, Vatanini sevish va undan faxrlanish g’oyasi; 




 

24 


  Fidokorlik va tashabbuskorlik ko’rsatishga, xalqparvar va fidoyi inson 

bo’lish kabi mantiqan teran va da’vatkor g’oyalar mavjudligi “Kuxna 

va  boqiy  Buxoro”  monumentining  faxr  va  iftixor  maskaniga 

aylantirishiga imkon yaratmoqda.     

   


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling