Jizzax davlat pedagogika instituti jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#202999
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
3380-Текст статьи-15061-1-10-20201031

 

Sanoat  to’ntarishi  oqibatida  tez  va  arzon  ommaviy  ishlab  chiqarila 

boshlagan  fabrika,  zavod  mahsulotlari  hu n a r m a n d c h i l i k   mahsulotlarini 

bozordan siqib chiqardi. 

 

Rivojlangan  mamlakatlarda  yakka  buyurtmalar  va  qimmatbaho  badiiy 



buyumlar 

tayyorlaydigan 

hu n a r m a n d c h i l i k  

sohalarigina 

(tikuvchilik, 

etikdo’zlik, gilamchilik, zargarlik, o’ymakorlik va b.) saqlanib qoldi. 

 

XX  asr  boshlarida  esa  mashinalashgan  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga 



qo’yilishi  b-n  hunarmandchilik  mahsulotlarining  tur  tarkibi  va  ishlab  chiqarish 

hajmi  keskin  kamaydi.  XX  asr  davomida  va  XXI  asr  boshlariga  kelib  yirik 

industrial  ishlab  chiqrish  qaror  topgan  bo’lsada.  Hunarmandchilikning  mavqyei 

saqlanib qoldi.  

  Bezakli-amaliy san’at turi tasviri san’at turlariga yaqinroq turadi. Unda ham 

ravshan  ifodalanuvchi  tomonlar  mavjud,  lekin  uning  tasviriy  san’at  asarlaridan 

farqlanuvchi bir talay jihatlari ham bor. 

  Bezakli-amaliy  san’at  amaliy  maqsadlarga  mo’ljallangan  bo’ladi.  Ularning 

badiiy  kiymati  foydali-  amaliy  qiymatidan  kelib  chiqadi.  Bu  san’at  turi  inson 

faoliyatining badiiy va badiiy bo’lmagan sohalari oralig’idan joy oladi. 

  Bezakli-amaliy  san’at  inson  badiiy  faoliyatining  ilk  ko’rinishlari  bo’lib, 

uning  ibtidosi  mehnat  jarayonlari  bilan  chirmashib  ketgan  edi.  U  san’atning 

boshqa  turlaridan  farqli  ravishda  tarixiy  taraqqiyotning  keyingi  davrlarida  ham 

badiiy  va  foydali-amaliy  faoliyatning  qorishmasi  sifatida  qadimgi  madaniyat 

muhim belgilarini o’zida saqlab qoldi. 

  Bezakli-amaliy san’at asosan maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan 

narsa-buyumlar  yaratadi.  Nafosat  qonunlariga  ko’ra,  yaratilgan  narsa-buyum, 

ya’ni shakl va mazmunga mos narsa, ya’ni buyum yaratishning o’zi san’at asari 

bo’lolmaydi.  Narsa-buyumning  amaliy  va  estetik  xislatlariga  g’oyaviy-badiiy 

ifodalilik  qo’shilgandagina  u  san’at  asari  tarzida  qaror  topadi.  Bezakli-amaliy 

san’at  asari  darajasida  ishlangan  narsa-buyum,  ya’ni  san’at  asari  hamma  vaqt 

muayyan g’oyaviy-badiiy mazmunga ega bo’ladi. 

  G’oyaviy-badiiy mazmunni aks ettirish uchun ko’p asrlar davomida bezakli-

amaliy  san’atning  o’z  «tili»  shakllangan.  Mutanosiblik,  vazn-ohang,  tomonlar 

tengligi va bezak bu san’at turining muhim xususiyatlaridir. 

 

Bezak  naqsh  bilan  chambarchas  bog’liq.  Naqsh  narsa-buyumning  badiiy 



shaklga  aylanishidir.  Naqsh  moddiy  ashyolar  bilan,  ya’ni  narsa-buyum  bilan 

mustahkam  va  bevosita    bog’liq  emas.  Bitta  naqsh  xilma-xil  narsa-buyumlarni 

bezab  turganligini  har  qadamda  uchratish  mumkin.  Ko’pincha  naqsh  geometrik 

va  tasviriy  tomonlar  vaznli  almashinib  turishiga  chekilgan  bezak  ko’rinishida 

namoyon  bo’ladi.  Naqshda  vazn,  teng  tomonlilik,  mutanosiblik  hissi  kuchli 

namoyon  bo’ladi  va  qaror  topadi.  Unda  hodisalarning  bevosita  tuyg’uli 

qiyofasidan mavhumotga yo’g’rilgan his- tuyg’ular qaror topadi. Naqshda tasviriy 

tomon  bo’lishi  mumkin  («o’simlik»  yoki  «jonivor»  naqshlari),  ammo  u 

yordamchi  vazifani  ado  etadi.  Nahsh  quvonch  va  qayg’u,  osoyishtalik  va 

bezovtalik kabi eng umumiy tuyg’u va kayfiyat holatlarini ifodalaydi. 

  

Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida u yoki bu g’oyaviy-tuyg’uli ohanglar 



naqshda  ustuvor  darajada  namoyon  bo’ladi.  Xalq  hayoti  va  uning  ruhiy  holati 


 

29 


xususiyatlari  geometrik  o’simlik  yoki  jonivorlar  mutanosibliklarida  bajarilgan 

yetakchi nashsh ohanglarida ifoda topadi. 

  O’zbek  milliy  naqshi  azaldan  aniq  syujet  bilan  bog’lanmagan  holda 

geometrik  shakllarning  teng  tomonliligi  vazni  va  mutanosibligi  asosida  qaror 

topgan bo’lib, me’morchilik (masjid, minora, maqbara, madrasa va boshqalar) va 

amaliy  san’at  (zardo’zlik,  gilamdo’zlik,  kulolchilik,  duradgorlik,  tikuvchilik)  da 

bezak  vazifasini  bajaradi.  Naqsh  islom  sharqi  xalqlari  madaniyatida,  shu 

jumladan 

Movarounnahrda 

me’morchilik, 

kitobat 

san’ati 


(xattotlik), 

hunarmandchilikda  takomillikka  erishib,  ilohiy  va  dunyoviy  mazmunga  kuchli 

ta’sir  quvvatiga  ega  bo’lgan  edi.  Naqsh  narsa-buyumning  bezakli  bo’lishiga 

xizmat  qilish  bilan  birga  o’zi  ham  mustaqil  amal  qiladi.  Naqsh  boshqa  san’at 

turlari, ayniqsa, me’morchilik, haykaltaroshlik, kitob rasmi kabilar bilan osongina 

birikadi va yaxlitlik hosil hiladi. 

  Bezakli-amaliy  san’at  turlari  ko’p  qirrali  bo’lib,  ular  foydali  amaliy 

jihatlariga,  nimaga  mo’ljallanganligi  belgilariga  qarab  bir  necha  ko’rinishlarga 

bo’linadi:  masalan,  amaliy-foydali  tomoni  (uy-  jihozlari,  idish-tovoq,  kiyim-

kechak va b.), moddiy ashyosi (tosh, suyak, oyna, metall, sopol va h. k.), ishlov 

berish usuli (o’ymakorlik, kashta tikish, bo’rtma matolar) va boshqalardan iborat 

bo’ladi. 

  Bezakli-amaliy  san’atda  xalq  ijodi  badiiy  hunar  sifatida  boshqa  san’at 

turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq saqlanib qolgan. 

 

Texnika  estetikasi  (dizayn)  ning  vujudga  kelishi,  texnika  loyihalarining 



maishiy narsa-buyumlar sohasiga ham tatbiq etilishi natijasida texnika va bezakli-

amaliy  san’at  birligi  shakllandi  va  o’zaro  ta’sir  o’tkazish  jarayonlari  yo’lga 

qo’yildi. 

Odamlarni  estetik  tarbiyalashda  ham  bezakli-amaliy  san’atning  ahamiyati 

beqiyosdir. U o’zining amaliy-foydali tomonlari bilan millionlarga doimiy ravishda 

estetik ta’sir o’tkazib turadi. 

 



 

30 


  

 

 



 

 

 



 

 

 



Qadriyatlar obyektiv asoslari va subyektiv anglanishi 

 



 

31 


2-Ilova  

 

 



 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling