Jizzax davlat pedagogika instituti
Download 1.16 Mb.
|
8629 Elektrokimyo qo`lllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv faoliyati ning natijalari
Reja:
1. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash. O’quv mashg’ulotining maqsadi: Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish. O’quv faoliyatining natijalari: Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash mavzusini tushunib oladilar CH3COOH eritmalari Asbob yig’ib tayyorlanadi, bunda kontaktlar yaxshi ulanganligi va similar butunligi sinchiklab tekshiriladi. Idish konstantasi topiladi. Konsentratsiyasi 1/8n, 1/16n, 1/32n va 1/64n bo’lgan sirka kislota eritmasining elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi. Eritmalar 1n li eritmani suyultirish usuli bilan tayyyorlanadi. Elektr o’tkazuvchanlikni topishdan ilgari idish va elektrodlar avval suv bilan, so’ngra elektr o’tkazuvchanligini topish kerak bo’lgan sirka kislota eritmasi bilan yuviladi va shundan so’ng tekshiriladigan eritma idishga quyiladi. Tekshirilayotgan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini magazinning shunday qarshiligida o’lchanadiki, bunda suriluvchi kontakt reoxord shkalasining taxminan o’rtasida turadi. Amaliy ish quyidagi bajariladi. Ustanovka yig’ib batamom tayyor qilingach, telefon quloqqa tutib olinadi va kontakt reoxord o’rtasiga suriladi; zanjirga tok beriladi va telefondan kelayotgan ovozni eshitib turib, eng sekin eshitilayotgan qarshilik tanlab olinadi. Shundan keyin kontaktni o’ngga va so’lga surish yo’li bilan yelkalar nisbati AB/BV o’zgartiriladi, bunda telefondan kelayotgan tovush juda pasaygan yoki butunlay eshitilmay qiolgan nuqta topiladi. Tekshirilayotgan eritma qarshiligi Rx quyidagi formula bilan hisoblanadi. Rx = Rb/a om Bunda R- qarshiliklar magazinining qarshiligi a - AB reoxord yelkasining uzunligi b - BV yelkaning uzunligi Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi x = C/Rx om -1*sm-1 bo’ladi.
Bunda C – idish konstantasi 1/8n eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligio’lchab bo’lingach, u to’kib tashlanadi, idish oldin suv bilan, keyin tekshiriladigan navbatdagi eritma bilan chayqaladi va yangi eritma quyib to’latiladi. Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga o’tishdan ilgari idish 10 minut davomida termostatga botirib qo’yiladi, bumda eritmaning temperaturasi termostat temperaturasi bilan baravarlashtiriladi.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling