Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim fakulteti
BOSHLANG`ICH SINFNI INTEGRASTIYALASHTIRISH MAZMUN MOHIYATI
Download 209.5 Kb.
|
Integratsiya amaliy
BOSHLANG`ICH SINFNI INTEGRASTIYALASHTIRISH MAZMUN MOHIYATI.
Pedagogik ilmlarning vazifasi - o`qituvchiga turli fandagi alohida elementlarni yagona bir butunlikka birlashtirish asosida integrallab o`rgatishga yordam beradi. Adabiyotlarni o`rganish, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimiz mobaynida shunga amin bo`ldikki, boshlang`ich sinf O`quvchilari, keyinroq esa maktab bitiruvchilari, ayrim fanlarni o`rganganliklari holda ayrim o`rganganlarini hayotda “elementar” bilimlarni qo`llashda qiyinchilik his qiladilar. Ularga olgan bilimlarini amalda kerakli o`rinda qo`llash uchun mustaqil fikrlash malakalari etishmaydi. Bu holat sabablaridan biri boshlang`ich ta’limda turli fanlarni o`zaro bog`liqlikda o`rganilmaganligidan bo`ladi. Bunda Integrastiya faoliyatni o`zgartirish yoki bilimlarni bir fandan ikkinchisiga o`tkazish bo`lmay, balki zamonviy ilmiy bilimlarni Integrastiyalash asosidagi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratishdan iborat degan qonuniyat rad etiladi. S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V.A.Slasteninlarning «Pedagogika» kitobida darslarda qo`llaniladigan fanlararo bog`lanish ko`rsatiladi, lekin Integrastiyalashgan ta’lim muammolari aks etmaydi. L.N.Baxarevaning Rossiya nashri bo`lgan «Nachalnaya shkola» jurnalida chop etilgan «Boshlang`ich maktab O`quv mashg`ulotlarini o`lkashunoslik asosida Integrastiyalash» nomli maqolasida Integrastiyaga ko`plab fanlarni umumlashtirish va bog`lash jarayoni deb qarab, yangi, butun, yaxlit bo`limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning yuqori ko`rinishi” - deb, ta’rif beradi. Psixolog E. N. Kabanova Integrastiyani: «O`qituvchiga hali uchramagan vazifa asosida bilim ko`nikma va qobiliyatlarni mustaqil ko`chirilishida aqliy rivojlanishning muhim ko`rsatkichi», deb baholasa, L.P.Elinko o`zining «Boshlang`ich sinflarda ta’limni Integrastiyalash tajribasi» nomli maqolasida maktab ta’limini Integrastiyalashning muhimligini ta’kidlasa, L. P. Elenko Integrastiya darslarni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar orasidagi aloqalarini yangi pog`onalarga ko`tarish shakli deb hisoblaydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, Integrastiyani o`qituvchilarning turli fanlar bo`yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin. Integrastiya fanlarning mexanik birlashishi bo`lmay, balki fanlararo sintez bo`lib, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog`lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir. Integrastiya - differenstiatsiyaning aksi bo`lib, unga teskari bo`lgan jarayondir. Uni quyidagi yo`nalishlarda tatbiq etish maqsadga muvofiq: a) O`quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni Integrastiyalab o`rganish; b) turli O`quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini Integrastiyalash; v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki O`quv kunini Integrastiyalash. Professor B.S.Abdullaeva ham fanlararo aloqadorlikni quyidagi turlarga ajratadi: 1) mazmunli; 2) operatsion; 3) metodik; 4) tashkiliy1. U ta’kidlaganidek, ko`nikma, malakalar fikrlash operatsiyalari orqali O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi. A.G`ulomov hamda H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, integrativ jarayonlar boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, O`quvchilarni har tomonlama bilimli qilish imkoniyatiga ega bo`lishdir. Bunda O`quvchilar badiiy uslubni adabiyot fanidan, ilmiy uslubni biologiyadan, kimyo, fizika, matematika, ish qog`ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan olingan materiallar asosida o`rganishlari nazarda tutiladi2. Integrastiyaning mazmun mohiyati Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: “Bu ro`yi zaminda mayda narsaning o`zi yo`q, hamma narsa bir-biriga bog`liq va bir-birini to`ldiradi”3. Metodist B.Ziyomuhammedov va Sh.Abdullaevalar O`quv jarayoni texnologiyasi alohida olingan bitta darsga, bitta mavzuga yoki O`quv predmetining bir qismiga, butun O`quv predmetiga tuzib chiqilishi lozimligini ta’kidlab, uning 5 ta tamoyili borligini ko`rsatadi: Birinchisi - muayyan dars, mavzu, qism, O`quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; Ikkinchisi-darsni yoki O`quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsad va modullar ichida hal qilinishi lozim bo`lgan masalalar tizimini aniqlab olish; Uchinchisi - modul ichida test savollarini tuzib chiqish; To`rtinchisi - maqsadlarga etish usullarini aniqlash, Beshinchisi - bir butunlik tamoyiliga asoslanib, dars qismlari orasidagi zaruriy bog`liqliklar va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish hisoblanadi4. Integrastiya tafakkur o`stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. Integrastiya - O`quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir. Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida O`quv fanlarining soni kamayib, samarasi puxta bo`ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish oson kechadi. Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, mustaqil tarzda ijodiy mulohaza yuritishga o`rgatish, guruhlararo musobaqa, savol-javoblar tashkil qilish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo`llashdan asosiy maqsad O`quv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, O`quv materialini o`zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya O`quvchilarda dunyoni o`zgacha tasavvur qilishga o`rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog`lashga, nazariy qoidalarni so`zma-so`z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg`unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o`z-o`zini rivojlantirish yo`llarini tushunishga imkon yaratadi. Integrativ ta’limda - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish o`rganiladi. Integrastiyalash mobaynida bir-biriga bog`liqlikning hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o`rganish ob’ektining yaxlitligini tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo`llash mumkin? Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, O`quvchilarni o`qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o`z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo`lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan bog`liq. Ta’limdagi Integrastiya O`quv predmetlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko`rib chiqiladi. Integrastiyaning turli darajalari ajratiladi: Boshlang`ich Integrastiya. Oraliq Integrastiya. Yakuniy Integrastiya Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to`liqroq va kengroq Integrastiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta’limini Integrastiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog Yu.A.Samarinning assotsiativ tafakkur to`g`risidagi fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarniig mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o`xshatish, bilimlar tizimi esa o`xshatishlar tizimidir. Yu.A.Samarin o`xshatishlarning lokal turi xususida o`z fikrlarini bayon etadi. Unga ko`ra o`xshatishlarning lokal turi (mahalliy, ma’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan) biror tizimga tegishli bo`lgan, tizim ichidagi, tizimlar orasidagi va aqliy faoliyat darajalarini o`xshatishlarining mos keladigan darajasiga birlashtirish xususiyatiga ega. Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog`liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog`liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo`lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o`rganish asosida hosil bo`ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarning tanlanishi, ularni bir-biri bilan taqqoslanishi asosida amalga oshiriladi. Bunda bilimlarning eng oddiy umumlashtirilishi sodir bo`lib, O`quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar O`quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishlarini ta’minlaydi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog`lanishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog`onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini anglash imkoniyatini beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo`ysundirishga, bilimlar chegarasida bo`shliqliklarni aniqlashga imkon beradi Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang`ich, to`liqsiz o`rta va o`rta maktab ta’limini Integrastiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. O`quv predmetlari orasida Integrastiya predmetlar tizimini inkor etmaydi, Integrastiya tizimni takomillashtirishning, kamchiliklarni bartaraf etishning yo`li bo`lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog`liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondoshuv - differensatsiya va Integrastiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad-vazifalarga ega bo`lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo`naltirilgan intergratsiyani amalga oshirishda o`qituvchilarga yordam berishdir. Tadqiqot mobaynida shunga amin bo`ldikki, boshlang`ich sinf O`quvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o`rganib shu bilim ko`nikmalarni boshqa fanlarni o`rganishda qo`llashga qiynalyaptilar, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni o`shxash yoki yangi vaziyatlarga ko`chira bilish ko`nikmalari etishmayapti. Bularning hammasi boshlang`ich sinflardagi turli fanlar bo`yicha mashg`ulotlarning o`zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo`layapti. Bu xolatda Integrastiya bir predmet bo`yicha bilimlarni ikkinchisiga ko`chirish va faoliyatining almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar Integrastiyasi yo`nalishlarini aks ettiruvchi yangi deduktiv ekvivalent (mos bo`lgan, o`xshash, teng keladigan narsa) larni yaratish jarayonidir. Boshlang`ich maktab ta’lim va tarbiyasini Integrastiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo`yicha bilimlar tashkil etuvchi Integrastiyalangan ta’lim yaratish muammosi dolzarb bo`lib turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o`z zimmasiga oladi. Bunday yondoshish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda gap faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o`rta va tugallovchi bo`g`inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini Integrastiyalash ustida bormoqda. Bu Integrastiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo`lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g`oya va tushunchalarni kiritish ko`zda tutilgan. Oxirgi paytda maktab ta’limini Integrastiyalash to`g`risida juda ko`p gapirilib kelinmoqda. Olimlar va amaliyotchi-o`qituvchilar bolalarda qanday qilib dunyo to`g`risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo`yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to`g`risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo`lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo`lmoqda: Masalan, matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat. Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko`rsatadiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo`luvchi Integrastiyalangan fanlar ko`pgina mamlakatlarning O`quv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo`nalishga ega bo`lgan Integrastiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida O`quvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to`g`risida xabar beradi. Integrastiya xususidagi ijobiy fikrlar bilan bir qatorda uning salbiy omillari xususida ham fikrlar mavjud. Jumladan, Yu.M.Kolegin va O.L.Aleksenko: “O`quv predmetlarining chegaralangan soni – olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmunini, olamning haqiqiy ko`rinishini, qismlarining o`zaro bog`liqligini aks ettira olmaydi”5 - deb, fanlararo Integrastiyaga salbiy munosabat bildiradilar. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling