Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi
Download 249.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarbiya Dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tarbiya
Politexnik tarbiya.
Ishlab chiqarish jarayonlari qonun-qoidalari bilan tanishtiradigan, shu barobarida, yosh avlodga ishlab chiqarish qurollaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadigan ta’limga politexnik ta’lim deyiladi. «Politexnika» lotincha - ko‘p texnika (pole-ko‘p), politexnik ta’lim - «ko‘p texnikali ta’lim» degan ma’noni bildiradi. U kasbiy ta’lim, kasb o‘rgatuvchi ta’lim emas. Yoki u ko‘p texnikadan xabardor qiladigan fan ham emas. Ammo politexnik ta’lim har qanday ixtisosdagi kishi uchun zarur bo‘lgan minimum bilimlar bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Respublikamizning har bir fuqarosi o‘zining barcha kuch va qobiliyatlarini erkin taraqqiy ettirishga qodir bo‘lmog‘i kerak. Shu ma’noda politexnik ta’lim aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etuvchi omillardan biridir. Qolaversa, politexnik ta’lim aqliy ta’lim va tarbiya bilan shu darajada bog‘langanki, ularni ajratish kitobni darrov chetga surib, tarbiyachi talabini bajarishga kirishadi. Bunda tarbiyachiga quloq solmagan bolalarni «tarbiyasiz», «quloqsiz» deyish aslo mumkin emas. Chunki ular o‘z mashg‘ulotiga o‘ta qiziqib qolib, uni yakunlamasdan diqqatini boshqa narsaga jalb qila olmaydi. Afsuski, amalda tarbiyachilar, ko‘pincha, buni hisobga olmaslik orqasida xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Shaxsning rivojlanish holatini to‘g‘ri baholash va bilish uchun uni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib kuzatish lozim. Iqtisodiy tarbiya O‘zbekiston Respublikasida, bozor munosabatlari shiddat bilan bir vaqtda o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish va ularda iqtisodiy faoliyatni yurita olish ko‘nikma, malakalarni shakllantirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tarbiya-o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda talaba-yoshlar ongida tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga oluvchi xislatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo‘jaligini yuritish va boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o‘rta biznes, ijara shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari, buyujetni shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni takomillashtirish; - o‘quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash; - ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; - ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish; - o‘quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish; - ular tomonidan tor doirada bo‘lsada tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga erishish. Har qanday tarbiyada ham o‘sha tarbiyaga tegishli tushunchalarning mazmunini to‘liq anglab yetish o‘sha tarbiya samaradorligini oshirishi hech kimga sir emas. Bu borada o‘quv yurti va oila sharoitida talaba-yoshlarning iqtisodiy tafakkurini yuksaltirishda, ularni hamkorlikka va ishbilarmonlikka chaqirishni, iqtisodiy hisob-kitoblarni o‘rganishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish iqtisodiy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tarbiyada tejamkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob, oila budjeti va boylik kabi tushunchalarning muhim ahamiyati bor. Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan. Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob - Qur’oni Karimda va muqaddas kitob-Hadisi sharif hamda «Avesto» bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo‘yicha alohida xodim faoliyat ko‘rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb etilgan. Bu borada Forobiyning “Inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi”, degan fikri o‘rinlidir. Tejamkorlikda vaqtmasalasi alohida e’tiborga molik tushunchadir. U inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Shu sababli ham «Kun qaytadi, ammo vaqt qaytmaydi», degan naql bor, chunki vaqt o‘lchovlidir. Undan dunyoni o‘rganish, o‘zgartirish, shaxsiy manfaat, el-yurt xizmati va mehnat samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatlarda foydalanish mumkin. Shu sababli ham u qadrlidir. Tarixiy voqealardan foydalanish iqtisodiy tarbiya berishning samaradorligini oshiradi va o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishga yordam beradi. O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish yo‘llaridan yana biri - bu tarixiy voqealar asosida, ularning iqtisodiy tarbiyaga oid tafakkurini boyitishdan iboratdir. Tejamkorlik tarbiyasi mehnat, axloqiy va iqtisodiy tarbiyalarning muhim asosi hisoblanadi. Shu sababli ham talabalarga iqtisodiy tarbiya berishda, o‘gitlar va hikmatlardan foydalanib, ularni tahlil qilib borilsa, iqtisodiy tarbiya samarali kechadi. Demak, talaba-yoshlarga iqtisodiy tarbiya berishning samarali yo‘llaridan biri - bu iqtisodiy tafakkurni yuksaltirishga oid o‘git va hikmatlardan foydalanishdan iborat bo‘lib, dars mashg‘ulotlarida ulardan mosini tanlab va uni tahlil qilib, talabalarning iqtisodiy tafakkuri rivojlantiriladi. Download 249.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling