Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Estetik tarbiya.
Estetika lotincha «estezio – go‘zallikni his etaman» ma’nosini
bildiradi. Aqliy, axloqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini estetikasiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifasi bolani
tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va
fahmlash, qadriga yetishga, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining go‘zal
tomonini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lishi uchun kurashishga o‘rgatishdan
iboratdir. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq -atvor normalarini
tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Maktablarimizdagi musiqa, rasm, ashula darslari,
adabiyot va boshqa fanlar estetik tarbiyaning vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha unga
yo‘ldoshdir. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va
maktabdan
tashqari
uyushtiriladigan
tadbirlarda,
turli
xildagi
anjumanlarda o‘z ta’sir kuchini namoyon qiluvchi, yosh avlodga
go‘zallikni, nafosatni tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir. Dono
xalqimiz «Oq bo‘lmasa bo‘lmasin, pok bo‘lsin», «Pokliging –
sog‘liging», «Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l», «Sog‘ligim-boyligim»,
«Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqol va matallari bilan
yoshlarimizni tabiat va jamiyat go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni
qadrlashga o‘rgatib kelishgan. Estetik tarbiya faqat narsa va
hodisalarning mohiyatini bilish, go‘zal tomonlarini ko‘ra bilishnigina
emas, balki botiniy go‘zallikni his qilishni ham tarbiyalaydi. Insondagi
xulqiy go‘zallikning qadriga yetishga undaydi. Insoniy go‘zallik aql,
burch, iymon, insof, kamtarlik, latofat, lafz, mehmondo‘stlik, mehr,
muloyimlik, poklik, yaxshilik va hokazo sifatlarda o‘zini namoyon
qiladi. Mir Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonida
Shirinni zohiriy va botiniy go‘zallik sohibasi sifatida tasvirlaydi.
Bilamizki, uning bu darajaga yetishuvida xolasi Mehinbonuning
tarbiyaviy ta’siri katta bo‘lgan. Natijada Shirin mamlakat obodonchiligi,
kanal qazish, suv chiqarish kabi ishlarda ishtirok etadi va o‘sha xayrli
ishlarga bosh bo‘ladi. Shirinning latofatliligi shunda ediki, u molu


davlatga uchmagan. Aksincha inson bo‘lish va chin insonni sevishni
baxt deb bilgan. Shirin eng og‘ir damlarda ham Farhodga vafodor,
sadoqatli, irodali yor bo‘lishi bilan birga tadbirli murabbiya, odil va
donishmand davlat arbobi, komila, oqila va fazilatli, latofatli qiz edi.
Shirinning bu fazilati minglab qizlarga o‘rnak bo‘lib keldi va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qolajak. Ahmad Donish o‘z farzandlariga
nasihat qilib, «Suratlaringni emas, g‘ayratlaringizni tuzatinglar» degan
edi. Insonning tashqi tomoni har qancha go‘zal va chiroyli bo‘lmasin,
uning axloqi buzuq bo‘lsa u el e’tiborini qozona olmaydi. Demak,
estetik tarbiya insonning go‘zal sifatlarini targ‘ib etishga, tabiat va
jamiyatning nafis jihatlarini tushuntirishga xizmat qiladi.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling