Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Axloqiy tarbiya.
Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning o‘ziga,
oilasiga, do‘st-birodarlariga, jamoa a’zolariga va tabiatga bo‘lgan
munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq, odob qonun-qoidalari
majmuasidir. Ana shu xulq, odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi,
hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sir axloqiy
tarbiya deb nomlanadi. Demak, axloq kishining oilaga, mehnatga va
jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Musulmon
axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda
o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik
sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimdagi va Hadisi
shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida
ota
-bobolarimiz
hayotida
tarkib
topgan
milliy
urf-odatlar,
ma’naviyatimiz durdonalari – Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher
Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, olimlar, yozuvchilarning
axloq haqidagi fikr-mulohazalari hali hozir ham o‘z qadr-qimmatini
yo‘qotmagan, o‘sha hikmatlar yoshlarimiz tarbiyasi uchun muhim
ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan, qat’i nazar odamlarga
xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi -
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar
diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga,
ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat -ehtirom –
O‘zbekistan aholisiga xos fazilatlardir. Amir Temur Axloqi husniya –
yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida
odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham
shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti
o‘lchab bir kesgan. Imom Al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi,
taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik-mana shu
to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda
qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir»-degan edi. Demak, barkamol inson
tarbiyasining yetakchi bo‘g‘inini tarkibiy qismi - axlokiy tarbiya-insoniy
sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi mukammallikka erishtiruvchi
vositadir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek insonlarni yaxshilikka
chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulklarning
yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon
qiladurg‘on kitobdir. Xuddi shu ma’noda axloq kishining xulq-atvorida,


e’tiqod-iymonida,
yurish-turishida,
kundalik
turmushida,
fikr-mulohazasida, mushohada va muloqotida ko‘rinadi. Axloqli inson
o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. Musohib
ko‘ngilga qarab gapiradi, kishining dilini og‘ritmaydi, tashqi muomalasi
bilan uning qalbini yashnatadi, muloqot odobiga rioya qiladi. Yuqoridagi
fikrlar shundan dalolat beradiki, jamiyatimizning kuchi fan-texnika
taraqqiyoti, moddiy boyligimiz bilan bir qatorda ma’naviy boyligimiz,
hayotimiz ma’nosi bo‘lmish axloqiy kamolotdadir. Ularga befarq
bo‘lmasligimiz, yoshlarimizni odamiylikka chorlashimiz lozim. Oilada,
maktabda, jamoat joylaridagi har bir hatti-harakat axloq nuqtai nazaridan
go‘zal bo‘lsin, kishining qalbiga rohat - farog‘at baxsh etsin. Bunday
xislatlarni tarbiyalovchi o‘qituvchi-tarbiyachilar esa ana shunday ezgu
niyatli kasb bilan shug‘ullanayotganliklaridan faxrlansinlar.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling