Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Jismoniy tarbiya.
Barkamol inson tarbiyasining tarkibiy qismlaridan yana biri
jismoniy tarbiyadir. Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan
sog‘lom o‘sishlarini, baquvvat bo‘lishlarini va Vatanimiz himoyasi
uchun qo‘rqmas, jasur, harbiy ilmlar, qurol-aslahalardan foydalanishni
biladigan qilib tarbiyalashni o‘zining oliy maqsadi deb biladi. Ma’lumki,
o‘quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o‘yinlar, gimnastika,
sport, turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari
turlari vositasida beriladi. Jismoniy tarbiya vositasida o‘quvchilarga
odamning anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasiga oid tizimli bilim
ham beriladi, ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Jismoniy tarbiya
axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, bir-birini taqozo
qiladi. Jumladan, bo‘shanglik, o‘z kuchiga ishonmaslik, dangasalik va
boshqa axloqiy kamchiliklar kishini qo‘rqoq qilib qo‘yishi mumkin.
Bunday shaxslar Vatan himoyasi uchun yaroqsiz hisoblanadi. Chunki
qo‘rqoqdan hech qachon botir chiqqan emas. Lekin sotqinlar chiqqanligi
haqida tarixiy ma’lumotlar bor.
Mard, jismonan chiniqqan kishi mehnatda ham o‘zini ko‘rsata
oladi. Bunday sifatga ega bo‘lgan kishida haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik,
vijdon, adolat, diyonat, insofni; nomardlarda esa yomonlik, ojizlik,
makkorlik, hasad, adovat, razillik, yuzsizlik, xiyonat, tubanlik,
noinsoflik kabi illatlarni uchratish mumkin. Mard bilan nomard
orasidagi tafovutni Alisher Navoiy quyidagicha ifodalaydi: «Mard-«la’l
toj ila» bong uradigan xo‘roz. G‘arazgo‘y vaysaqi, nomard makiyon.
Xo‘roz ma’lum vaqtda «nido» tortganidek, mard ham o‘z paytida gapini
aytadi, zaruratga qarab munosabatini bildiradi. Mard-maydon odami, u


kurashib yashaydi». Xalqimizning qahramonlik, mardlik tuyg‘usi
ifodalangan ko‘plab rivoyatlari, dostonlari mavjud. Ularda mehnatkash
xalqning qahramonligi, el-yurt farovonligi yo‘lidagi mardliklari
ifodalangan. Ana shulardan biri - «Alpomish» dostoni. Oldimizda turgan
vazifa yosh avlodni jismonan tetik, xushchaqchaq, mehnatsevar, jasur,
vatanparvar, axloqan pok, ma’naviyati go‘zal bo‘lishi uchun barcha
faoliyatimizni safarbar etishdir.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling