Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Tarbiya fanining maqsad va vazifalari


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Tarbiya fanining maqsad va vazifalari.
Yoshlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida qaysi yo‘lni
tanlamoq, nimalarga diqqat-e’tiborni qaratmoq lozim? Nima qilganda
ijobiy natijaga erishiladi? Bu savollar tarbiya fanining eng muhim
muammolari hisoblanadi. O‘zbekistonning hozirgi davri, bundan keyingi
taraqqiyoti va istiqboli hamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini mustahkamlash uchun
yosh avlodga dunyo standartlari talabi darajasida bilim berishimiz suv
va havodek zarurdir. Demak, oldimizda turgan eng muhim va dolzarb
muammolardan biri - O‘zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni,
har bir millat, elat kishilarini va ularning
farzandlarini barkamol
insonlar qilib tarbiyalash, mustaqil respublikamizning ongli fidoiysiga
aylantirishdir. Chunki jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim,
qobiliyat va iste’dodini baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar,
uddaburon yoshlar, fidoiylar bo‘lmasa, O‘zbekistonni dunyodagi eng
ilg‘or davlatlar safiga qo‘shish qiyin kechadi. Yoshlarimizni tarbiyalash
uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining duru javohirga teng
ma’naviy meroslari dasturilamal bo‘la oladi. Abu Nasr Forobiy, Axmad
Yassaviy, Baxovuddin Naqshband, Ismoil Al-Buxoriy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, Amir
Temur, Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa
aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlariga tayanib ish


ko‘rilsa tarbiya ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi. O‘zining
o‘tmish madaniy merosini chuqur bilmagan va e’zozlamagan odam, o‘z
shajarasini, avlod-ajdodlari bosib o‘tgan yo‘lni, milliy istiqlolimiz,
erkimiz va ozodligimiz yo‘lida jasorat ko‘rsatgan Shiroq, To‘maris,
Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk zotlar, xalq qasoskorlarining
nomlari, kurashlarining tub mohiyatini ilg‘ay olmaydi. Yuqoridagi
fikrlardan ko‘rinib turibdiki, yosh avlodlarni tarbiyalab yetishtirish –
muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, ijobiy axloqiy xislatlarni
tarbiyalab yetishtirish oddiy, jo‘n ish emas. U kunlab, oylab, yillab va
hatto o‘n yillab oliy maqsad yo‘lida sabr-toqat, chidam va qat’iyatlilik,
irodaviy sifatlarni safarbar etishimizni taqozo etadigan insoniy
vazifamizdir. Hozirgi paytda mamlakatimizda yoshlar orasidan eng
iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularning ilmiy,
madaniy-ma’naviy
jihatdan
kamolotga
erishishlari,
zamonaviy
fan-texnika asoslarini chuqur o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amxo‘rlik
qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ertangi hayoti, porloq istiqboli
nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlar bir qanchi xorijiy mamlakatlarga tahsil
olish uchun yuborilishi fikrimizning isbotidir. Respublikamizda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonunni hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiyani, sog‘liqni
saqlash ishlarini, umumiy tibbiyot muammolarini zamonaviy talablar
darajasida olib borish, maktablarni takomillashtirish, o‘rta maxsus bilim
yurtlari va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtixonlarini test usulida
o‘tkazish borasidagi ishlar ham madaniy-ma’naviy taraqqiyotimizda
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va shaxc
kamoloti uchun bo‘lgan ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof,
diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy
fazilatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Hammasining zaminida yosh
avlodga oilada, umumiy ta’lim maktablarida, xalq ta’limi tizimining
boshqa tarmoqlarida beriladigan ta’lim-tarbiya yotadi.
Umuman olganda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamonamiz
ruhiga mos, barkamol inson bo‘lishlari uchun, tarbiyaning tarkibiy
qismlari (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik tarbiya va politexnik
ta’lim) ga yangicha nigoh tashlash va o‘sha ta’limni amalga oshirish
yo‘llarini ishlab chiqmoq lozim.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling