Jizzax davlat universiteti defektologiya yo’nalishi 903-guruh talabasi Yunusova Dilnoza mustaqil ishi


Download 249.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi249.28 Kb.
#1594142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarbiya Dilnoza

Aqliy tarbiya.
Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi
bo‘lib o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri hakidagi
bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik
xislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va


nutq qobiliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi. Aqliy tarbiyani
shunday tashkil etish lozimki, toki o‘quvchilar aql-zakovatli, ob’ektiv
dunyoni yaxlit idrok etadigan, o‘zligini tushunadigan, hayotda tutgan
o‘rnini anglab yetadigan, o‘z oldida turgan vazifalarni ongli bajara
oladigan, insoniy qadr -qimmatni ulug‘laydigan bo‘lishsin. Inson
kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Hadis
kitoblarida har bir mo‘min-musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi
bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan purma’no
hadisi-shariflar so‘zimiz dalilidir. Demak, islom ta’limotida ilm eng oliy
maqsad – dunyoni bilish uchun zarurat deb uqtirilgan. Bilim dunyoni
bilish doirasida cheklanmaydi, balki shaxs ma’naviyatini boyitishda ham
bosh omil bo‘la oladi. Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida - «Ilmga
ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa
ham o‘rganinglar... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida
tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli
onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu ziynat, dushmanlarga qarshi
kurashda quroldir» deganlar. Shuningdek, Hadisi sharifda: «Ilm olmakka
intilish har bir muslim, muslima uchun qarzu farz» deyiladi.
Yusuf Xos Hojib o‘z asarlarida bilimni yuksak qadrlaydi. Bilim va
bilimdonlikni his eta olmoq, uni tushunmoq darkorligi, bilimdon bo‘lish
asosan tarbiya bilan chambarchas bog‘liqligi, bola qanchalik erta tarbiya
qilinsa, shuncha yaxshiligi haqida yozadi: «Agar kimda bo‘lsa aql, ilm,
zehn, uni madh etib sen, tugal er degin, ziyod bo‘lsa kimda o‘quv, uquv,
aql, bilim, yomon va kichik bo‘lsa ham maqtagin». Alisher Navoiy
«Farhod va Shirin» dostonida ilm orqali "Farhodning aql-idrokli,
bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli inson
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, yoshlar
aqlini o‘stirish uchun birinchi galdagi vazifa ilm olishga da’vat etishdir.
Maktab o‘quv rejasida ko‘rsatilgan fanlarni egallash tabiatning va
kishilik jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilib olishga imkon beradi.
O‘quvchilarni fan asoslari bilan qurollantirmay turib ularda ilmiy
dunyoqarash shakllantira olmaymiz. Ilmiy dunyoqarashsiz aqliy tarbiya
haqida gapirish safsatabozlikdan boshqa narsa emas. O‘quvchilarga
aqliy tarbiya berishda birinchi galda uning fikrlash, his qilish, tasavvur,
xayol va xotira kobiliyatlarini o‘stirish, ichki dunyosini ma’naviy
jihatdan boyitish haqida o‘ylamoq lozim. Shu bilan birgalikda oilada,
maktabda bolalarga chala -chulpa, yarim-yorti bilimlar bermay, ma’lum
tizim asosida fanga tegishli bilimlar berishni tashkil etish darkor. Bir


so‘z bilan aytganda aqliy tarbiya yosh avlodning mehnat qilish
qobiliyatlarini o‘stiradi va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi.

Download 249.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling