19
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, 1, sh, g‘, x, h;
d) qorishiqlar: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, y, g‘, 1, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga
ko‘ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch.
Sonorlar esa beshta: 1, m, n, ng, r. Bularning
ichidan l yon tovush, r titroq tovush
sanaladi.
Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz.
Bunda yozma nutq harflar
ketma-ketligidan tashkil topadi.
Fonemaning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Harflar
fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir.
Shuning uchun har bir tilda
harflar shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Bir fonemaga bir harfni to‘g‘ri
keltirishga harakat qilinadi.
Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug‘at tuzishda ma’lum
izchillikka amal
qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi.
Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida
har bir unli fonema
alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo‘lsa, undoshlarda fonemalarda ikki harf
orqali ifodalash hollari uchraydi:
sh, ch, ng kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: