Jizzax davlat
Ona tili o`qitishda ta`lim, tarbiya va rivojlantirishning uyg`unligi tamoyili
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
TOSHMAMATOVA AROFA (1)
Ona tili o`qitishda ta`lim, tarbiya va rivojlantirishning uyg`unligi tamoyili.
Maktabda o`quvchilar ona tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi yuzasidan o`ta zarur bulgan ilmiy bilimlar silsilasi bilan qurollantiriladi. Ular ona tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarni to`g`ri ishlatish yuzasidan zarur ko`nikma va malakalar bilan ta`minlanadi. Ayni vaqtda ona tili mashg`ulotlari o`quvchi shaxsini tarbiyalash va uni rivojlantirish vositasi hamdir. Ta`lim, tarbiya va rivojlantirish – bir butun jarayon. Ularni bir-biridan ajratgan holda alohida-alohida yoki darsning muayyan bir bosqichida birin-ketinlik bilan amalaga oshirib bo`lmaydi. O`quvchilar til hodisalarini o`rganishar ekan, ayni vaqtda shu jarayonda ularga tarbiya beriladi; shaxsi rivojlantiriladi. Ma`rifiy matnlar ta`lim, tarbiya va rivojlantirishni ta`minlovchi muhim vositadir. Ona tili mashg`ulotlarida tanlanadigan matnlar mavzu jihatidan rang-barang bo`lsa, o`quvchilarning til materiallariga qiziqish darajasi ham shuncha yuqori bo`ladi. Ona tili darslarini o`quvchilarning kundalik hayoti mehnat faoliyati, turmushi bilan boshlash, foydalanish uchun tanlanadigan rasmlarning mazmun va tematik rang-barangligini kuchaytirish darsning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi yo`nalishini oshiradi. Ma`lumki, ona tili darslarida o`quvchilar bajaradigan ishlar: kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari; xayol, diqqat, xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik xususiyatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni engish, mustaqil ijodiy faoliyat ko`rsatishga samarali ta`sir ko`rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o`quvchi shaxsini rivojlantiradi. 22 Shunday qilib ona tili darslari ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko`zlaydi. Bu prinsiplar qancha uyg`un bo`lsa, ona tili darslarining samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling