Jizzax davlat


Ona tili o`qitishda sistemaviylik va izchillik tamoyili


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1188575
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
TOSHMAMATOVA AROFA (1)

Ona tili o`qitishda sistemaviylik va izchillik tamoyili. Ma`lumki, ona tili 
o`quv predmeti sifatida ma`lum sistemadan iborat. Bu sistema o`zbek tilining 
fonetik, leksik, grammatik tomonlarini o`z ichiga oladi. Ana shu til tizimini tashkil 
qilgan unsurlarning har biri o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lishi bilan bir qatorda, 
bir-biri bilan uzviy va chambarchas bog`langan. 
Maktabda tilning fonetikasini o`rganmasdan uning grammatikasini o`rganish 
mumkin emasligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Fonetika va grafikani etarli 
darajada o`zlashtirgan o`quvchigina- leksikani puxta o`zlashtiradi. Leksika puxta 
o`rganilgach, so`z turkumlarini o`rganish osonlashadi. Shuning uchun til 
hodisalarini o`zaro uzviy aloqadorlikda o`rganish uning samaradorligini 
ta`minlovchi asosiy vosita sanaladi. 
Ta`limda izchillik tamoyili sistemalilik pricipi bilan uzviy bog`langan. 
Kishining kundalik faoliyatida ham, o`quv ishlarida ham musttasillik, 
muntazamlilik bo`lishi shart. Akademik I.T.Pavlov: “Ishning boshlanishidayoq 
o`zingizni fan asoslarini izchil egallashga o`rgating. Fanning eng yuksak 
cho`qqilarini egallashdan oldin uning ibtidosini o`rganing. Oldingilarini 


24 
o`zlashtirmasdan turib, keyingilarini o`rganishga o`tmang”, - deb o`quvchilarga 
maslahat beradi.
Bolalarning nutqiy tayyorlanganligiga tayanish, ularning boshlang`ich va 
oldingi sinflarda hosil qilgan bilimlarini hisobga olish, o`rganilgan, o`rganilayotgan 
va keyin o`raganiladigan bilimlar o`rtasida mantiqiy aloqadorlikni ta`minlashga 
izchillik tamoyili orqali erishiladi.
Ona tili dasturlarida materialning bosqichli ketma-ketlik tamoyili asosida 
berilishi izchillik tamoyilini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Chunki muayyan bir mavzu yuzasidan o`quvchilarda zarur bilim, ko`nikma va 
malakalar hosil qilish faqat shu mavzu doirasida qolib ketmaydi. Keyingi bosqichda 
egallangan bilimlar mustahkamlanadi va eng muhimi bu bilimlarni o`quvchilarning 
nutqiy faoliyatiga olib kirish orqali ular amaliy ko`nikma va malakaga aylanadi. 
Sistemaviylik va izchillik tamoyili nafaqat o`qituvchi faoliyatida, balki o`quvchi 
faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Fikrni bayon qilish tartibini belgilash, 
bayon va insho uchun oddiy va murkkab reja tuzish kabi topshiriqlar o`quvchilardan 
sistemaviylik va izchillikni talab etadi. 
Shunday qilib, sistemaviylik va izchillik tamoyili ona tili ta`limining mazmunini 
belgilashga ham, o`quvchi faoliyatida ham o`z ifodasini topadi. Bu prinsipni amalga 
tadbiq etish ta`lim mazmunini takomillashtiradi; O`quvchilarning o`quv-biluv 
faolligini oshiradi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling