Jizzax davlat


Ona tili o`qitishda ilmiylik va tushunarlilik tamoyili


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1188575
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
TOSHMAMATOVA AROFA (1)

Ona tili o`qitishda ilmiylik va tushunarlilik tamoyili. Ta`limning ilmiyligi va 
bolalar uchun tushunarli bo`lishi tamoyillari o`zaro bog`langan, bir-birini 
to`ldiradigan didaktik kategoriyalardir. 
Ta`limning ilmiyligi tamoyili o`quv materiallarini hozirigi zamon o`zbek 
tilshunosligi fani yutuqlari asosida bayon qilishni taqazo etsa, ta`limning bolalar 
uchun tushunarli bo`lishi tamoyili o`quv materiallarini bolalarning yosh va 
psixologik 
xususiyatlariga, 
ularning 
umumiy 
taraqqiyoti 
hamda 
bilish 
imkoniyatlariga moslab bayon qilishini talab etadi. Ta`lim jarayoni mantiqi bu 
prinsiplarni o`zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo`yadi. Mazkur prinsipga 
ko`ra ona tilidan har bir sinfda o`rganiladigan material hajm hamda mazmun 
jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Maktabda ona tili fani o`zbek tilshunosligida qo`lga kiritilgan yutuqlarga 
tayanadi. Bu prinsip o`quvchilarni hozirigi o`zbek tilshunosligigida qat`iy hal 
etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. 
Shubhasiz, o`zbek tilshunosligida mavjud bulgan barcha bilimlarni bolaga 
berishning iloji yo`q. Biz bolaga, asosan, o`zbek adabiy tilining boy 
imkoniyatlaridan og`zaki va yozma nutqda bemalol foydalanish, to`g`ri yozish, 
to`g`ri o`qish, to`g`ri fikrlash va to`g`ri so`zlash uchun unga zarur bo`lgan 
bilimlarnigina berish imkoniyatlariga egamiz, xolos. Demak, maktab ona tili kursi 
o`quvchilarni yuqorida tilga olingan malakalar bo`yicha o`ta zaruriy bilimlar tizimi 
bilan qurollantiradi. 
Ilmiylik tamoyilini tushunarlilikdan ajratib bo`lmaydi. Bu ikki prinsip bir-birini 
to`ldiradigan va dars samaradorligini ta`minlaydigan yagona prinsip sanaladi. 
Sababai, ilmiy bilimlar tushunarli bo`lmasa, o`quvchi uni o`zlashtira olmaydi. 
Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni ta`minlash uchun 
quyidagilarni hisobga olish lozim: 


23 

fanda ilmiy jamoatchilik tomonidan e`tirof etilgan, ilmiy jihatdan asoslangan 
maktab atamalarini ishlatish; har bir tushuncha va atamaning ma`nosini atroflicha 
ochish; ularni bolalarning puxta o`zlashtirishlarini ta`minlash uchun etarli 
miqdorda asosli materiallar bilan tahlil qilish; 

o`rganilayotgan o`quv materiallarining oldin o`rganilgan mavzular bilan 
bog`liqligiga amal qilish; bolalarni keyingi mavzularni o`zlashtirishga tayyorlash; 
til asoslari, tushunchalarni o`zaro chog`ishtirib o`rganish; 

ona tili ta`limi mazmunida grammatizimga yo`l qo`ymaslik, o`quv materialini 
bolalarda mustaqil va ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki 
hamda yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va 
rivojlantirishga bo`ysundirish; 

o`quv topshiriqlarini o`quvchilarning ruhiy(psixologik) xususiyatlari va 
imkoniyatlariga mo`ljallab tanlash. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling