Jizzax davlat
Yuqoridan pastga qarab bog`lanish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
TOSHMAMATOVA AROFA (1)
1.
Yuqoridan pastga qarab bog`lanish. Bog`lanishning bu ko`rinishi o`tilayotgan yangi o`quv materialini oldin o`rganilgan material bilan bog`lashni talab etadi. 2. Pastdan yuqoriga qarab bog`lanish. Bunda o`qituvchi o`rganilayotgan materialni o`rganilishi ko`zda tutilgan material bilan bog`laydi. Didaktikaning bu muhim tamoyilini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, birinchidan, o`qitishning barcha bosqichlariga (boshlang`ich maktab, to`liqsiz o`rta maktab) va ona tili ta`limi oldiga yagona talablar qo`yishi lozim. Ayniqsa, ona tili o`qitishning birinchi bosqichi (boshlang`ich maktab) va ikkinchi bosqichi (5-9-sinflar) orasida uzviy birlikka erishish ta`lim samaradorligining muhim omilidir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ona tilining izchil kursidan o`quvchilar nimalarni o`rganishlarini va, aksincha, ona tili o`qituvchilari boshlang`ich sinfda nimalar o`rganilganligini yaxshi bilishlari lozim. O`qituvchi ta`limning har bir bosqichida o`quvchining nutq taraqqiyotida bo`ladigan o`zlashtirishlarni bilishi va unga tayanishi kerak. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari keyingi sinflarda o`quvchilar nutqida paydo bo`ladigan yangiliklarni oldindan ko`ra olishlari va aksincha, ona tili o`qituvchilari boshlang`ich sinflarda o`quvchilar nutqida paydo bo`ladigan o`zgarishni bilishi shart. Ona tili o`qitishda bu o`quv fanining boshqa o`quv fanlari bilan aloqasini ta`minlash ham muhim metodik talab sanaladi. Ma`lumki, ona tili maktabda o`rganiladigan barcha fanlarni puxta o`zlashtirish uchun muhim kalit sanaladi. Til vositasida o`quvchi boshqa fanlarni o`rganadi. Barcha o`quv fanlari yuzasidan o`z fikrini yozma va og`zaki ravishda bayon etish orqali u ona tilini ham puxtaroq egallab boradi. Deyarli hamma fanlar o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, orfografik savodxonligini oshirish, nutq 31 malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak, o`quvchilarda yuksak nutq madaniyatini tarbiyalash nafaqat ona tili darslari, balki maktabda o`rganiladigan barcha fanlar orqali amalga oshiriladi. Ona tili turli yo`nalishlar orqali boshqa o`quv fanlari bilan bog`lanadi. So`zning genetik nuqtai nazaridan kelib chiqishini aniqlash uchun tarix faniga murojaat qilinsa, til hodisalarini taqqoslash uchun o`quvchilar o`rganayotgan boshqa o`quv fanlariga murojaat qilinadi. Nutq uslublarini aniqlash uchun esa adabiyot, tarix, matematika, kimyo, fizika kabi fanlar o`qituvchiga yordam beradi. Shunday qilib, ona tilining boshqa fanlar bilan aloqasini uchta katta guruxga ajratish mumkin: 1. genetik bog`lanish; 2. qiyosiy bog`lanish; 3. funksional bog`lanish. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling