Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
Toʻngʻich bola oiladagi farzandlarning kattasi, odatda ota-onasining umidi
boʻlib, ota-onalar undan koʻp narsalarni kutadi va odatda u bu umidlarni oqlaydi ham. Undagi muvaffaqiyatlarga boʻlgan intilish, oʻqish va kasb-hunar egallash yoʻnalishidagi yutuqlari va unga erishish imkoniyatlari ham odatda yuqori boʻladi. Uning muvaffaqiyatlari nafaqat ota-onaning kutishlariga bogʻliq, balki ma’lum vaqt erkalatilgan bolaning, keyinchalik “taxtdan tushishi”, mavqening birdan oʻzgarishi va kutishlar tizimining ham shunga yarasha boshqacha boʻlib qolishi bilan bogʻliqdir. Buni Adler iborasi bilan aytganda, “detronizatsiya”, ya’ni taxtdan ayrilishi deb atash mumkin. Chunki ukasi yoki singlisi paydo boʻlgandan soʻng, ota- onasining e’tibori birdan boshqa bolaga qaratilib, unga munosabat oʻzgarib qolganligini bola oʻziga xos qaygʻurish bilan his qiladi. Lekin ota-onaning e’tibori va mehriga qaytadan erishish maqsadida u harakat qila boshlaydi. Agar toʻngʻich farzandning uka koʻrgandan soʻng paydo boʻladigan deprivatsiyasi kuchli boʻlsa-da, oʻzini koʻrsatish uchun ichki imkoniyatlari, layoqati yetarli boʻlmasa (ba’zan toʻngʻich farzand nimjonroq boʻladi), unda bolaning xulqida keskin salbiy oʻzgarishlar roʻy bera boshlaydi, masalan, ukasini yomon koʻrib, unga ziyon yetkazishga harakat qiladi, injiqligi bilan ota-onasini xafa qiladi, ovqat yemaydigan, oʻzi mustaqil ravishda uxlamaydigan, hatto, hojatga chiqmaydigan, aytilganlarni bajarmaydigan oʻjar boʻlib boradi. Hayotda shunday voqealar ham kuzatilganki, endi tetapoya boʻlib, mustaqil harakatlar qila boshlagan toʻngʻich farzand ukasini itarib yuborishi, ogʻziga yomon narsalarni solib qoʻyishi, beshikda uxlab yotgan bolani yiqitish holatlari boʻlgan. Ya’ni , ota-onaning domimiy mehri yetishmayotganligini his qilgan bolada rashk hissi uygʻonadi, uning 50 sababchisi esa yangi dunyoga kelgan ukasidir. Shunga qaramay, aksariyat toʻngʻich farzandlar ota-onasining ziyrakligi, oʻzida paydo boʻlgan koʻnikma tufayli yangi sharoitga moslashadi, sekin-asta ukasiga mehr qoʻyadi, unga gʻamxoʻrlik qilishdan rohatlanadigan ham boʻlib qoladi. Bu unga foyda keltiradi ham: kelajakda u turli toifa insonlar, jumladan, kattalar, obroʻli insonlar bilan kelishib ishlashga harakat qiladigan, ularning koʻngliga qaraydigan, uyida koʻrganlari koʻchada qaytarilmasligiga harakat qiladigan, moslashuvchan boʻlib oʻsadi. Odatda bunday bolaning tengqurlari orasida oʻziga xos mavqei boʻladi. Yoshligidan ota-onaning yuzi-koʻziga qarab, ularning munosabatini his qilishga oʻrgangan bola kelajakda oʻqituvchisi yoki rahbarining ham yuzi-koʻziga qarab, muomala qilishga oʻrganadi. Ota-onalik maqomiga aloqador munosabatlarni tashqarida boshqalarga ham qoʻllashga koʻnikib boradi. Shuning uchun toʻngʻichlarda kirishimlilik, kichiklarga gʻamxoʻrlik, mustaqil qarorlar qabul qilishga, mas’uliyatni boʻyniga olish va liderlikka moyillik rivojlanib boradi. Shuning uchun ham jamiyatda rahbar lavozimlarda ishlayotgan, siyosiy va jamoatchilik idoralarini boshqarayotganlarning aksariyati oilada toʻngʻich farzand ekanligi oʻrganilgan. Masalan, Amerika Prezidentlarining yarmi, 20 nafardan ortiq avstronavtlar oilada toʻngʻich farzandlar boʻlishgan. Odatda oilada oʻsayotgan oʻgʻil bolalarning toʻngʻichi erkaklar jamoasini (masalan, harbiy, xalqaro, siyosiy tashkilotlar), singillari boʻlgan akalar xotin-qizlar jamoasini (maktab, shifoxona), va shunga oʻxshash opalar ham mantiqan mos ravishda jamoalarni muvaffaqiyatli boshqaradigan rahbarlar boʻlib yetishadi. Nikoh borasida esa oʻrtancha farzand ancha kelishib, baxtli yashashga moyil boʻladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim holatlarda aynan toʻngʻich farzandlar ba’zan jamiyatda muammoli, tarbiyasi ogʻirlar kategoriyasiga tushib qoladi. Bunga yo ota-onaning katta farzandidan umidlarining haddan ziyod ogʻirligi yoki “detronizatsiya” jarayonining bola tomonidan salbiy idrok etilishi sabab boʻladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling