Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
Siblinglar raqobati hodisasi G. T. Xomentauskas tomonidan fanga kiritilgan
va oʻrganilgan. Bunda bolalarning oʻzaro munosabatlari, qachon bir-biriga raqib, qachon birlashishlari oʻrganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, ota-ona qazo qilganda yoki xastalanib qolganda ular albatta bir-biriga muruvvat qiladi, jipslashadi. Aksariyat hollarda esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda koʻpincha bitta ota-onaning farzandlari oʻrtasida oʻziga xos tarang munosabatlar kuzatilgan. Bu narsa oʻsha jamiyatlardagi shaxsiy avtonomiya fenomeni bilan bogʻliq boʻlib, har bir inson ilk yoshlikdan faqat oʻz manfaati uchun yashaydi va kurashadi. Bunday sharoitda sibling munosabatlarining faqat ijobiy boʻlishiga erishish ancha mushkul. Oʻziga xos demokratiya muhiti oilalarda barqaror boʻlgan oʻzbekistonliklar millati, irqi, kelib chiqishi va iqtisodiy maqomidan qat’iy nazar, albatta, oilada ikki va undan ortiq farzand boʻlishiga intiladi va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni ijobiy tarzda yoʻlga qoʻyish, oilaviy rollar taqsimoti borasidagi ishlarga alohida mas’uliyat bilan qaraydi. Bunda er-xotin momolar va bobolar oʻgitlaridan, asriy an’analar samarasidan oʻrinli foydalanishga intiladi. Davlatimiz rahbari va hukumatning oilada sogʻlom turmush tarzini barqarorlashtirish, milliy genofondni yaxshilash siyosatining tub ma’nosi mamlakatmizda dunyoga kelgan va kelayotgan farzandlar, avvalo, toʻrt muchchasi sogʻ tugʻilsin, sogʻ-salomat katta boʻlsin va ularni dunyoga keltirgan ona onalik baxtidan toʻla baxramand boʻlib, turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda baxtiyor sogʻlom turmush tarzini oilasida barqaror etsin. Yurtimizning barcha yirik shaharlarida tashkil etilgan skrining markazlari, petenatal shifo maskanlarining asosiy vazifasi sogʻlom farzandlar tugʻilishini oldindan aniqlash va nogironlikning oldini olishdir. Zero, “Sogʻlom ona – sogʻlom nasl” shiori har bir oʻzbekistonlikning qalbiga singib ketgan naqldir. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling