Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
OPN o`quv qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik farzand
Ikkinchi farzand (yoki oʻrtancha) odatda kattalarga tobe, oʻzgalar koʻmagiga
muhtoj, adolatsizlik, xaqsizliklar va qattiqlikka chidamsiz, boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan boʻlib oʻsadi. U akasi yoki opasiga qarab, uning soyasida ayyorroq, epsizroq boʻlib koʻrinadi, chunki tugʻilganidan yonida undan kattalar borligiga u koʻnikib boradi. Oʻrtancha farzandlardan yaxshi sanʻatkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga ustasi farang rahbarlar yetishib chiqishi ham mumkin. Kichik farzand umrining oxirigacha oʻzini kichikman, deb his qilishga moyil boʻladi, uni hech kim hafa qilishi mumkin emas. Hamisha gʻamxoʻrlik ogʻushida boʻlgan kichkintoy, kelajakda ham hamma yerda oʻzini muhofazada, xavfsizlikda his etishga moyil boʻladi va buni oʻzgalardan talab ham qiladi. Ularning kayfiyati koʻpincha yaxshi boʻlib, yon-atrofidagilar bilan yaxshi muomalaga kirisha oladi. Odatda kichik farzandda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli, raqobatbardoshlik talab etilgan sharoitda u chidamliroq boʻladi. Afsuski, ularning nikoh borasida omadlari kamroq boʻlishi kuzatilgan, oilada kichik farzand boʻlganlar salga ajralishni oʻylaydi, chunki ulardan yaxshi vafodor, chidamli er yoki xotin chiqmaydi. Shu bois, turmush qurishga ham unchalik shoshmaydi, chunki 51 oʻziga mas’uliyatni olishni yoqtirmaydi. Yagona farzandning sibling maqomi toʻngʻichnikiga yaqin. Ota-onaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta boʻlgan bola koʻp sohada, ayniqsa, intellektual sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin, lekin odatda juda oʻzini yaxshi koʻradigan, egoist boʻlib qolishadi. Ular jamiyatda ham xato qilib qoʻyishdan qoʻrqmaydi, muvaffiqiyat sari dalil yuradi, lekin har doim ham unga erisholmaydi, chunki odamlar bilan kirishimli emas. Shuning uchun oʻzbeklarda “yagona farzand – farzand emas”, degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib, yaxshi koʻrayotganligining qadriga yetmaydi. Bu kelgusida ham boshqa insonlarga nisbatan munosabatda oʻz aksini topadi, keksayib qolgan ota-onaga toʻngʻich farzand qanchalik mehribon boʻlsa, yagona farzand buning aksi boʻlib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa boʻlib yuradi, “nega meni tashlab ketishdi?”, deb. Shuning uchun yaxshi oila uchun kamida ikkita farzandning boʻlishi va ular oʻrtasida yaxshi oʻzaro munosabatlarning qaror topishi shaxs uchun ham, oila va jamiyat uchun ham foydalidir. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling