Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G
Baholash mezonlari
Motivatsion Kognitiv Baholash darajalari Past O‘rta Yuqori NATIJA: XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL O‘RGANGAN MUHANDIS 1-rasm. Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modeli 18 Modelning mazmunli blokida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan yondashuv va tamoyillar keltirilgan. Modelning ushbu bloki tizimli, faoliyatli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, lingvomadaniy, integrativ yondashuvlar bilan ifodalanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, biz muhandislik yo‘nalishi talabalarini xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modelidagi asosli yondashuvlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq ta’lim loyihasi asosida xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini tarkibiy qismlari bilan bog‘liq munosabatlarni aniqladik. Shunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini barcha komponentlari uchun uslubiy asos bo‘lib, har bir talaba o‘z- o‘zini rivojlantirish va turli o‘quv vositalaridan foydalanish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish imkonini beradi. Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modelining komponentlarini amalga oshirishda albatta pedagogik shart-sharoitlarning o‘rni beqiyosdir. Biz tadqiqot doirasida quyidagi bir–biri bilan bog‘liq pedagogik shartlarni ajratib o‘tdik (Shaxsiy – motivasion, Tashkiliy–metodik, Moddiy-texnik). Jarayonli blok bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishni interfaol texnologiyalar yordamida amalga oshirilishini hisobga olgan holda, o‘qitishning ko‘rib chiqiladigan shakllari quyidagicha bo‘ladi: auditoriyada jamoaviy, guruhli va yakka tartibda, auditoriyadan tashqarida mustaqil ta’lim hamda onlayn ta’lim. Ta’limning sanab o‘tilgan shakllarini amalga oshirish uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish va takomillashtirish zarur. Ta’lim vositalari sifatida kompyuter, proyektor, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy ta’minot, tarqatma materiallarni keltirish mumkin. Ushbu jarayonda bo‘lajak muhandislarda rivojlangan motivatsiya darajalari: salbiy, neytral, ijobiy amorf, ijobiy kognitiv, ijobiy faol, shaxsiy quyidagi bosqichlarda shakllantirildi. Birinchi bosqich (variativ rivojlanish bosqichi) yangi bilimlarni o‘zlashtirishga diqqatni jalb etish, motivasiyani oshirish hisobiga yangi bilimlarni o‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichida “talaba-talaba” o‘zaro ta’sirlashuvini ko‘zda tutadi. Ikkinchi bosqich (faol o‘qitish bosqichi) da fikrlashning ratsional apparatini qo‘llash (o‘qituvchi tomonidan “o‘qituvchi-talaba” ko‘rinishidagi o‘zaro ta’sirlashuv shakllanadi. Uchinchi bosqich (ijodiy mustaqillik bosqichi) o‘zlashtirilgan bilim, egallangan ko‘nikma va malakalar asosida bilvosita o‘qituvchi rahbarligida yangi obyektlarni yaratish, kashf etishni ko‘zda tutadi. To‘garakda tadbirkorlik, boshqaruv, tashkilotchilik kabi bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish (CDIO, hikoya zanjiri, interfaol ta’lim texnologiyalari); Xorijiy tilni kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishda turli-tuman samarali metod va texnologiyalardan foydalanildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling