Jizzax politexnika instituti servis fakulteti "menejment" kafedrasi


Download 0.91 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1560014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.

Aktiv schyot shakli
So= Sb +Ay.k - Ay.d
Mablag‘lar va ularning manbalari qoldiqlarining o‘zgarishlarini schyotlarda aks ettirilishini misollarda ko‘rib chiqamiz.
1 - misol. «Kassa» moddasi korxonalarning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz qilaylik, kassada 2000 so‘m bor. Xo‘jalik mablag‘lari balansning aktivida ko‘rsatilganligi bois, schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul qilingan. Demak, 2000 so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.
SHuningdek, shunday operatsiyalar sodir bo‘lganki, ularning natijasida kassaga korxonvalarda birinchi operatsiya bo‘yicha 500 000 so‘m, uchinchi operatsiya bo‘iicha 300 000 so‘m kelib tushgan; kassada ikkinchi operatsiya bo‘yicha 600 000 so‘m va to‘rtinchi jarayon yuzasidan 280 000 so‘m chiqib ketgan (sarflangan). Pullarning kelib tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish kerak. Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd pullarni kelib tushishini qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishini esa ayirish uchun kerak.
SHunday qilib, 500 000 va 300 000 so‘m «Kassa» schyotining debetiga, 600 000 va 280 000 so‘m uning kreditiga yoziladi. Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo‘yicha oborotlar summasi hisoblab chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 22 000 so‘mga teng bo‘ladi 2 000 +800 000-780 000).
To‘rtta operatsiya yozilgandan keyin «Kassa» schyoti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Bu schyotdagi oxirgi qoldiq faqat debetida bo‘lishi mumkin, chunki mavjud bo‘lgan naqd puldan ortiqcha sarflash mumkin emas.
2 - misol. «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasi korxonalar mablag‘lari manbaini aks zttiradi. Balansda unga yozilgan summa - korxonalarning mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzi miqdorini ko‘rsatadi. Bu modda bo‘yicha boshlang‘ich qoldiq 400 000 so‘mga teng deylik.
«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» moddasining o‘zgarishini anglatuvchi operatsiyalar korxonalar qarzining oshishini kamayishini ko‘rsatishi mumkin. Faraz qilaylik, uchta operatsiya sodir bo‘lgan: birinchisi - korxona mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini 150 000 so‘mga uzgan, ikkinchisi - korxonaning mol etkazib beruvchilariga qarzi 200 000 so‘mga oshgan, uchinchisi - mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan korxona qarzini 350 000 so‘mga uzgan.
Mol etkazib beruvchilarga doir operatsiyalarni hisobga olish uchun 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti yuritiladi. Bu schyot mablag‘lar manbaini aks ettiradi, shuning uchun undagi yozuvlar, mablag‘lar turlarini hisobga oladigan «Kassa» schyotiga qaraganda boshqacha aks ettiriladi. Unda qoldiq, mablag‘lar manbaining kreditiga yoziladi. Mazkur schyotda ko‘payishni anglatuvchi operatsiyalar - kreditida, kamayishni anglatuvchi operatsiyalar - debetida aks ettiriladi. Demak, 150 000 va 350 000 so‘m shu schyotning debetiga, 200 000 so‘mni esa kreditiga yozish kerak.
Boshlang‘ich qoldiq va operatsiyalar yozilgandan keyin, debet hamda kredit bo‘yicha oborotlar yakunini hisoblab chiqamiz va yangi qoldiq (saldo)ni topamiz. U quyidagicha bo‘ladi: (400 000+200 000-500 000= 100 000). «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti unga operatsiyalar yozilganidan keyin quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki korxonvalari mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi.
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlarning ko‘payishi va kamayishiga qarab, ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, aktivlarning turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi debetiga, kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - debetda ko‘rsatiladi.
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga bo‘linadi.
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa - passiv schyotlar deb ataladi.
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday oddiy tarzdan farq qiladi.
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir.
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, 72 kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun mo‘ljallangan.
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini to‘ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling