Jizzax politexnika instituti servis fakulteti "menejment" kafedrasi


Download 0.91 Mb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1560014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.

2018 yil 1 fevraliga bo‘lgan



Ko‘rib chiqilgan misol buxgalteriya schyotlari bilan balans o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatib turibdi.
Sintetik schyotlarning yakunlari asosida (ularning tarkibida ochilgan analitik schyotlarning ma’lumotlari bilan tekshirilgach) navbatdagi hisobot sanasiga korxonalar balansi tuziladi. SHuning uchun schyotlardagi qoldiqlar balansning tegishli moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Mavzu bo'yicha xulosalar.
Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta'sir etadi.
1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lot. tractatus - muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan.
Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma'lum bir xo‘jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi.
Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma'lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir.
Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv tizimidan foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit ko’rsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto’g’ri qayd etilishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. http://www.genderi.org/d-q-usmanova.html?page=23

  2. https://azkurs.org/toshkent-moliya-instituti-v5.html?page=2

  3. https://lib.nspi.uz › electronic-book

  4. http://www.agriculture.uz/filesarchive/Buxgalteriya%20hisobi.pdf

  5. https://lex.uz/ru/docs/-4674902?ONDATE=18.05.2022

  6. N. TOSHMAMATOV A. TUYCHIEV S. BUZRUKXONOV I. YORMATOV B. SHARIPOV BUXGALTERIYA HISOBI Farg’ona – 2020

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling