Jizzax politexnika instituti servis fakulteti "menejment" kafedrasi


Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati


Download 0.91 Mb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1560014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.

2. Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati.
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6- modda).
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi.
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir 73 etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil bo‘ladi. Masalan, ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotish uchun tayinlangan xizmatlarni sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib, mazkur operatsiyada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiyaning boshlanishidagi ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zaruriyati yuzaga keladi.
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirilganda, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlar debeti va kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-birovlariga teng bo‘lib qoladi.
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o‘zgarishigina aks ettirish uchun ko‘llanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. Xuddi shu usul bilan mablag‘larning qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag‘lar manbalari, II tip), hamda korxonalarning xo‘jalik aloqalari (III va IV tiplar) ham hisobga olinadi.
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada buxgalteriya schyotlarida o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni bir schyotning debetida va ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish usulidir.
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz qilaylik. Bu operatsiya natijasida mablag‘larning ikki turiga - kassadagi naqd pullar 74 va bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150 000 so‘mga ko‘paydi va aksincha, hisob-kitob schyotidagi pullar shu summaga kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, uning summasini, birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu schyot aktivdir va ko‘payish aktiv schyotlarning debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, «Hisob-kitob schyoti» schyotining kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir va aktiv schyotlarning kamayishi kreditga yoziladi.
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
D-t «Kassa» schyoti - 150 000 so‘m
K-t «Hisob-kitob schyoti» - 150 000 so‘m
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarni belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma (provodka)si deb ataladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling