Jizzax politexnika instituti servis fakulteti "menejment" kafedrasi


Download 0.91 Mb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1560014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.

Kalkulyasiya schyotlari.
Kalkulyasiya schyotlari xo‘jalik mablag‘lari - tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tannarx hisoblab chiqilgan, hisob-kitoblar aks ettirilgan jadval (Kalkulyasiya hisob-kitobi odatda jadval shaklida bo‘ladi) kalkulyasiya deb nomlanadi. SHundan kelib chiqib, kalkulyasiyani tuzish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan schyotlar kalkulyasiya schyotlari deb ataladi.
Tannarxi aniqlanadigan ob’ektlarga tegishli bo‘lgan xarajatlar ushbu schyotlarning debetida yig‘ish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi, chunki bu xarajatlar summalari mazkur jarayonda sarflangan mablag‘lardir. SHuning uchun kalkulyasiya schyotlari aktiv hisoblanadi.
Kalkulyasiya schyotlarining tuzilishini «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining misolida ko‘rib chiqamiz.

Solishtiruvchi (taqqoslovchi) schyotlar. Solishtiruvchi schyotlar xo‘jalik jarayonida olingan moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu natijalar 81 ushbu jarayonni tavsiflovchi ikki har xil oborot (oborot)larni solishtirish yo‘li bilan topiladi. SHundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik jarayonlarining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan schyotlar solishtiruvchi schyotlar deb nomlanadi. Bu schyotlardaga oborotlarni solishtirish, ularning birini - debetda, boshqasini esa - kreditda aks ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Debet bilan kredit o‘rtasidagi farq qidirilayotgan natijani anglatadi, bunda aks ettirilayotgan operatsiyalarning xususiyatiga qarab, farq debetida yoki kreditida bo‘lishi mumkin.
Solishtiruvchi schyotlarning tuzilishini «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti misolida ko‘rib chiqamiz.
Foydalar «YAkuniy moliyavny natija» schyotining kreditida doromadlar yoki foyda, xarajatlar yoki zararlar esa - debetida yig‘ilib boriladi. Korxonalar ishining pirovard moliyaviy natijalari debet bilan kreditni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar korxonaning yalpi foyda summasini ko‘rsatuvchi kredit oborot ushbu korxonalar tomonidan qilingan yalpi xarajatlar (debet oborot) summasidan ko‘p bo‘lsa, unda debet bilan kredit o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan olingan foydani anglatadi. Agar kredit oborot debet oborotdan kam bo‘lsa, o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan ko‘rilgan zararni ko‘rsatgan bo‘ladi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling