Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

 
Biogaz qozonlari 
Biomassalar ichida kam miqdorda kul va azot ajralib chiqaradigan yog‘och 
yoqilg‘isidan foydalanish maqsadga muvofiq. SHuningdek, biomassa sifatida somon 
va paxta chiqindilaridan foydalanish mumkin. 
Biogaz tozalanib faqatgina issiqlik ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. 
Markazlashtirilgan issiqlik tizimi uchun o‘rnatilgan qozonlarning quvvati 1 dan 50 
MVt gacha bo‘lib, tayyorgarlik koeffitsienti 96 – 98 % ni tashkil qiladi va ulardan 20 
yil davomida foydalanish mumkin. Ularda 1 t. neft evivalentiga teng yoqilg‘i 
yoqilganda 3,4 kg NO
x
, 41,9 kg quruq kul, shuningdek, 40 mg zarrachalar ajralib 
chiqadi. 1 Vt issiqlik ishlab chiqarilayotgan qozon uskunasini o‘rnatilishi uchun 
kapital harajat 0,3 – 0,7 $ ga teng. Ekspluatatsion harajatlar birlamchi kapital 
harajatni taxminan 3 % ini tashkil qiladi. 


Qozonlarda biomassani yoish uchun turli texnologiyalarni qo‘llash mumkin. 
SHular qatorida kolosnik panjaralarda muallaq holatda va hakozolarda yoqish 
mumkin. Kolosnik panjaralarda yoqish tizimidan keng foydalanib kelinmoqda. 
Issiqlik 
va 
elektr 
energiyasini 
birgalikda 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
foydalaniolayotgan qozonlarda biomassa kolosnik panjaralarda yoqilayotgan bo‘lsa, 
ularning 5 dan 15 MVt gacha bo‘lishi mumkin. Bu tizim uchun xom ashyo sifatida 
yog‘och chiqindilari va somondan foydalanish mumkin, ishlab chiqarilgan mahsulot 
elektr energiya va issiqlik ko‘rinishda bo‘ladi. Kolosnik panjaralarda yoqilayotgan 
yog‘och chiqindilaridan olinayotgan energiyada ishlayotgan bug‘ turbinalarining 
foydalanish muddati foydalanish davri 20 yil atrofida, foydali ish koeffitsienti esa 90 
% ni tashkil etadi. YOg‘och payraxalari yoqayotgan qozon narxi 1 Vt elektr energiya 
uchun 3,56 $ ga teng. Kelgusi 15 $ gacha kamayishi kutilmoqda. Elektr energiyasi 
ishlab chiqarayotgan bunday uskunalarning ekspluatatsion uskunalarning sarfi 
umumiy harajatni 3 – 4 %ini tashkil qiladi yoki 1 yilda 1 MVt uchun 70000 $ ga 
teng. Somon yoqilayotgan kolosnik panjarali tizimni foydalanish muddati va foydali 
ish koeffitsenti yuqorida keltirilgan tizim bilan bir xil, ammo chiqindilar miqdori 
ko‘proq. YA’ni SO
2
2 kg, NO
x
5,5 kg, 1,7 gr zarracha 84 – 168 kg kul miqdorida 
bo‘ladi. Somon yoqilayotgan tizimda ishlab chiqarilayotgan 1 Vt elektr energiya 2,86 
$ ga teng bo‘ladi. Umumiy ekspluatatsion harajat esa 1 MVt uchun 1050000 – 
140000 $ ga teng. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling