Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"
-amaliy mashg‘ulot. Biomassalardan foydalanish. Biogaz qurilmalari
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biogaz qurilmalar
7-amaliy mashg‘ulot. Biomassalardan foydalanish. Biogaz qurilmalari.
Reja: 1. Biomassalardan foydalanish 2. Biogaz qurilmalar Biomassalardan foydalanish Biomassa tarkibiga qayta tiklanuvchi energiya resurslar keng spektriga ega. Bularga yog‘och. sanoat. qishloq xo‘jalik va maishiy chiqindilar kiradi. biomassadan energiya olish uchun ular yondiriladi, perulis qilinadi, gazlashtiriladi, shuningdek. spirt yoki biogaz ajratib olish uchun ularga bioximik ishlov beriladi. Bu jarayonlarni har biri qo‘llanilishi bo‘yicha o‘z yo‘nalishiga ega. Biogaz qurilmalar Odatda biogaz io‘lab chiqarish uchun xom ashyo sifatida chorvachilik (go‘ng) va oziq ovqat sanoatini organik chiqindliridan foydalaniladi. Biogaz qurilmalaridan biomassani anaerop qayta ishlash jarayonida gaz ajralib chiqadi. Ulardan to‘g‘ridan – to‘g‘ri maishiy iste’molchilar tabiiy yoki suyultirilgan gaz o‘rnida foydalanish mumkin. SHuningdek ulardan issiqlik yoki elektr energiyasini olishda qayta ishlov berish mumkin. Ishlab chiqarilgan biogaz tarkibini 60 – 70 % ini metan (SN 4 ), 30 – 40 %ini uglerod dioksidi (SO 2 ) va juda kam miqdorda serovodorod (N 2 S) tashkil etadi. Biogaz tarkibida 65 % metan bo‘lganda, uning issiqlik ishlab chiqarish quvvati 23023 kJ/m 3 . Biogaz qurilmalarida ishlatilayotgan odatda 80 – 90 % go‘nga 10 – 20 %, sut fermalari va qushxonalardan chiqayotgan organik chiqindilar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar sezilarli darajada ajralib chiqayotgan biogaz miqdorini oshiradi va biogaz qurilmalarini iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. ajarlib chiqayotgan biogaz miqdori 1 – navbatda sanoat korxonalarining sifatiga, go‘ng uchun hayvon turiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik shoxli qoramol go‘ngini 1 tonnasidan 25 m 3 , parrandachilikdan 190 m 3 , sanoat chiqindilaridan 130 m 3 atrofida biogaz ajratib olinadi. Biogaz ajratib olingan biomassa quyuq va suyuq fraksiyalarga ajratilishi mumkin. Ularni sotish yoki o‘g‘it sifatida undan foydalanish biogaz qurilmalarini iqtisodiy tomondan samara beradi. Kuniga 300 t. quvvatga ega biogaz qurilmalarini qurish uchun umumiy kapital sarfi 6,4 mln AQSH dollariga teng bo‘ladi. Keyingi 15 yil ichida bu ko‘rsatkich 5,8 – 5 mln AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda. Bunday qurilma 1 m 3 xom ashyodan 30 – 40 normal m 3 biogaz ajratib olishni ta’minlaydi. Bu 1 MVt generatsiyalovchi quvvatga uskunaga etarli bo‘ladi. Bu uskunaning narxi 240000 $ atrofida bo‘ladi. Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling