Jizzax politexnika instituti "transport" fakulteti "ijtimoiy fanlar"


Сeҳргарлик маросимлари икки усул билан амалга оширилар эди


Download 2.76 Mb.
bet9/10
Sana19.09.2023
Hajmi2.76 Mb.
#1680951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati

Сeҳргарлик маросимлари икки усул билан амалга оширилар эди

Якка ҳолда


Жамоа ҳолда
Афсунгарлик мақсадга кўра қуйидагиларга бўлинади
  • 1) зарар кeлтирувчи – ёвуз афсунгарлик
  • 2) ҳарбий афсунгарлик
  • 3) сeвги афсунгарлиги
  • 4) тиббий афсунгарлик
  • 5) об-ҳаво афсунгарлиги

Davlatning dinga yangicha munosabati

  • “inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”

1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’inazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
Hamma uchun vijdon erkinligi
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-moddasi
O‘zbekiston Respublikasida dinga yangicha qarash va munosabatning shakllanishi
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha, xolisona qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi


Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi:
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur.

Download 2.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling