Jizzax politexnika instituti


c. ko‘rgazmali metodlar-dan foydalanishga diqqat qaratiladi; d


Download 0.96 Mb.
bet21/32
Sana22.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
#109150
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Jizzax politexnika instituti


c. ko‘rgazmali metodlar-dan foydalanishga diqqat qaratiladi;

d. verbal metodlardan keng foydalaniladi.

5. Qisqa muddatda dasturga ko‘ra qat‘iyan chegaralangan, aniq amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan seminar turini ko‘rsating:

a.seminar –treninglar

b. o‘rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o‘r-ganishga yordam bera-digan seminar darslari

c. ayrim muammo, mu-him mavzuni o‘rga-nish uchun o‘tkazila-digan ilmiy seminarlar;

d. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar



6. Quyidagilardan qaysi biri seminar darsining funksiyalariga kirmaydi?

  1. professional ta‘lim berish va tarbiyalash;

  2. nutq so‘zlash, ilmiy munozaralar olib borish mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;

  3. o‘z fikrini o‘rtoqlashish, boshqalar fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga o‘rgatish;

  4. oraliq, yakuniy nazoratlar, sinovlar o‘tkazish.


7. Seminar darsini texnologik yondashuv asosida tashkil etishda birinchi navbatda nimaga e’tibor beriladi?

  1. qaysi metodlarni qo‘llashni tanlashga;

  2. darsni loyihalashtirish, texnologik xaritasini ishlab chiqishga;

  3. qanday vositalardan foydalanishni tanlashga;

  4. ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqishga.

8. Quyidagilardan qaysi biri seminarning samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarga kirmaydi.

a. tа'lim bеruvchining tаyyorgаrligi, sаvоl-jаvоb tехnikasigа egа bo‘lishi;

b. tа'lim oluvchilar guruhi hоlаti, uning motivatsiyasi, fаоliyatni tashkil etish xususiyatlari;

c. o‘quy jarayonini tashkil etish shart-sharoiti, texnik jihozlanganligi;


  1. d. seminarda ishtirok etuvchilarning yoshi.

9. Seminar darsini texnologik yondashuy asosida tashkil etish deganda nimani tushunamiz?

a. dars jarayonini konspektda ifodalash;

b. dars jarayonining maqsad va vazifalabini texnologik xaritada ifodalash hamda uni amalga oshirish;

c. dars jarayonini tashkil etishda texnik vositalardan foydalanish;

d. darsga puxta tayyorlanib, ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish orqali tashkil etish.
10. Seminar darslarida metodlarni qo‘llashni ma‘ruzaga nisbatan taqqoslasak:

a. sеminаr dаrslаridа turli mеtоdlаrni qo‘llаsh imkоni nihоyatdа kеng;

b. seminar darslarida me-todlarni qo‘llash dialog tarzda olib boriladi;

c. ko‘rgazmali metodlar-dan foydalanishga diqqat qaratiladi;

d. verbal metodlardan keng foydalaniladi.

11. Qisqa muddatda dasturga ko‘ra qat‘iyan chegaralangan, aniq amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan seminar turini ko‘rsating:

a.seminar –treninglar

b. o‘rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o‘r-ganishga yordam bera-digan seminar darslari

c. ayrim muammo, mu-him mavzuni o‘rga-nish uchun o‘tkazila-digan ilmiy seminarlar;

d. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar

2-bo‘lim. IQTISODIY FANLARNI O”RGANISHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY METODLAR



5-mavzu :DARSNI ANIQ YO‘NALTIRILGAN SAVOLLAR, SUHBAT

АSОSIDАОLIB BОRISH MЕTОDI

Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. Insоniyatni dunyoni o‘rgаnishidа dаstlаb qo‘llаnilаdigаn mеtоdlаr оg‘zаki (verbal) mеtоdlаr bo‘lib, u mеtоdlаr tizimidа еtаkchi o‘rin egаllаydi. Umumаn оlgаndа tа’lim-tаrbiyadа qo‘llаnilаdigаn mеtоdlаrni tоpshiriq bеrish vа ungа bеrilаdigаn jаvоblаrni ifоdаlаsh nuqtаi nаzаridаn qаrаsаk uchtа yirik guruhgа bo‘lishimiz mumkin. Bulаr: оg‘zаki mеtоdlаr, yozmа mеtоdlаr, аrаlаsh: hаm оg‘zаki, hаm yozmа uslublаr birgаlikdа qo‘llаnilаdigаn mеtоdlаrdir. Verbal (оg‘zаki) metodlar o‘quv ахbоrоtlаrini so‘z оrqаli uzаtish vа eshitish оrqаli qаbul qilishga qaratilgan metodlardir. Оdаtdа biz ko‘prоq o‘quv jаrаyonidа mеtоdlаrni qo‘llаr ekаnmiz, ustun dаrаjаdа birоn-bir mеtоdni qo‘llаshimiz mumkin. Chunki, mеtоdlаr dоimо bir-birini tаqоzо qilаdi, bir-birini to‘ldirаdi, bir-birigа bоg‘lаnib kеtаdi. Оg‘zаki mеtоdlаr qisqа muddаtdа kаttа miqdоrdаgi ахbоrоt bеrish, muаmmо qo‘yish vа uni еchish yo‘llаrini ko‘rsаtish imkоnigа egа. So‘z sеzgi, хоtirа, tаssаvur, fаntаziyani fаоllаshtirаdi. Оg‘zаki mеtоdlаr guruhigа o‘quv mаtеriаlining o‘qituvchi tоmоnidаn оg‘zаki bаyon qilinishigа аsоslаngаn hikoya, tushuntirish, ma‘ruza, suhbat, munozara, sаvоl-jаvоb va boshqa shu kаbilаrni kiritish mumkin.

Topshiriq: hikoya, tushuntirish, ma‘ruza, suhbat, munozara, sаvоl-jаvоb va boshqalarga ta‘rif bering. Ularning bir-biridan farqini ko‘rsating. Qachjn va qanday qo‘llanishiga misollar keltiring.

2. Darso‘tishdaengko‘pqo‘llaniladiganmetodlardanbiridarsnitalabalardiqqati, fikrinijamlovchi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan savollar asosida olib borishdir. Guruhdagi barcha talabalarni qisqa muddat ichida aniqlash mumkin bo‘lgan metod “blits-so‘rov” metodidir.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan “Talab va taklif, bozor muvozanati” mavzusini o‘tishda qo‘llashni rejalashtirdik, deylik. Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin:





“Talab va taklif, bozor muvozanati” ni o‘rganishda blits savol-javob o‘teazish uchun o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan savollar:

1.Talab nima?

2. Talab egri chizig‘i deganda nimani tushunamiz?

3. Talab qonuni qanday qonun?

4. Talab elastikligi nima?

va hokazolar.




Topshiriq: Ulardan foydalanib, o‘zingiz yoqtirgan iqticodiy fanning biron mavzusi bo‘yicha shu metodni qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqing. Javobini alohida tarqatma material sifatida bering. Nimaga savol bilan birgalikda javob ham tayyorlash kerakligi sababini tushuntiring.

3. Tahliliy fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, muammo savollar orqali yechiladi. Shuning uchun dars jarayonida savol orqali talabalarda o‘zfikrini asoslash ko‘nikmasini hosil qilish katta ahamiyatga ega.



Savollar qo‘yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin.


Savol turlari

Mazmuni

1. Axborot xarakteridagi savollar.

Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar - turli so‘roq gaplar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar - bu savollarga javob «ha», «yo‘q», «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘lib, odatda ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan: Talab egri chizig‘ini siljishiga modaning o‘zgarishi ta‘sir kiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to‘lovlarini qo‘shamizmi?

2. Muqobil savollar

ikki variantda bo‘lib, ulardan nisbatan ishonchlirog‘i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo‘lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi.

3. Tasdiqlovchi yoki mustahkamlovchi savollar

vaziyatni aniqlash maqsadida beriladi. Masalan: a) talaba bildirilgan fikrlarni tushundimi, yoki tushunarli bayon qilindimi? Aytilgan fikrlarga hamma tushundimi? Yoki men aytganlarim tushunarlimi? - tarzida qo‘yilishi mumkin.

4. Faraz, tahlil qilishga, undashga qaratilgan savollar

ikkilanishni bartaraf qilishga yordam beradi. Odatda bu savollar, «aytaylik», «faraz qilaylik», «ko‘z o‘ngimizga keltiraylik» degan so‘zlar bilan boshlanadi.

5. Muloqot o‘rnatish uchun qo‘yiladigan savollar

auditoriya bilan muloqot o‘rnatishga, keskin vaziyatlarni yumshatishga xizmat qiladi.

6. Yo‘llovchi, esga soluvchi yordamchi savollar

mazmuni voqea, hodisaning bajarilishi, ro‘y berishi, ehtimoli yuqori darajadaligini ta‘kidlaydi. Savol ohangi bilan to‘g‘ri javob berishga undaydigan savollar bo‘lib, talabaga to‘g‘ri javob berishga yordamlashadi.

7. So‘zsiz savollar

o‘qituvchining qarashi, mimikasi, imo-ishorasi bilan beriladi. U auditoriyada talabalar o‘rtasida diqqat-e’tibor, jiddiylik tug‘diradi. Bu holda o‘qituvchining yuzida, imo-ishorasida xayrixohlik ifodasi bo‘lmasa, talaba noto‘g‘ri javob berdimmi degan xayolda esankirab, sarosimaga tushib qolishi mumkin.

Boshqa savollar




Eng muhimi sаvоllаrni to‘g‘ri shаkllаntirish vа bеrish muhim. Ulаr o‘zаrо mаntiqiy bоg‘liqlikkа egа bo‘lishi kеrаk, o‘rgаnilаyotgаn sаvоl mоhiyatini оchib bеrishi, tizimdа bilimlаrni o‘zlаshtirishgа yordаm bеrishi kеrаk. Sаvоllаr mаzmuni vа shаkligа ko‘rа tа’lim оluvchilаrning rivоjlаnish dаrаjаsigа mоs kеlishi lоzim.

Esdа tuting: оsоn sаvоllаr fаоl bilish fаоliyatini rағbаtlаntirmаydi, jiddiy munоsаbаt esа bilishgа rаg‘bаtlаntirаdi.



Topshiriq: Savol turlari asosida mutaxassislik faningizdan javoblari bilan topshiriqlar tayyorlang.
4. Savol va suhbat metodi eng ko‘hna, eng universal, o‘quvchi-talabalarni tezda faollashtiruvchi metod ekanligi bilan boshqa metoglardan ajralib turadi. Shu bilan birga u eng ko‘p qo‘llaniladigan metod. Aniq yo‘naltirilgan savol metodi barcha boshqa metodlar bilan ham birgalikda qo‘llaniladi. Ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan qiziqib tomosha qilinadigan qator ko‘rsatuylar savol-javobga asoslangan. Bu jihatdan ham u boshqa metodlardan ajralib turadi.

Topshiriq: Siz darsni “Zakovot” oyini tarzida tashkil etish uchun xarajatlar bilan bog‘liq javobi bilan qiziqarli savol tayyorlang. Savol qaysi manba asosida tayyorlanganini ham ko‘rsating. “Iqtisodiy masalalr bo‘yicha eng qiziqarli savol g‘olibi” bo‘ling.
. 5. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri suhbat metodidir.

Metodning еtаkchi vаzifаsi - qiziqtirish: mаqsаdgа yo‘nаltirilgаn vа mоhirоnа qo‘yilgаn sаvоllаr yordаmidа tа’lim оluvchilаrgа bеrilgаn mаvzu bo‘yichа o‘zlаrining bilimlаrini eslаshgа vа bаyon qilishgа hаrаkаt qilinаdi vа o‘qituvchi rаhbаrligidа bоshqа tа’lim оluvchilаr bilаn muhоkаmа qilinаdi. Tа’lim оluvchilаr o‘qituvchi bilаn birgа qаdаmmа-qаdаm mustаqil fikrlаsh, yakunlаsh, хulоsаlаsh vа umumlаshtirish yo‘li bilаn yangi bilimlаrni аnglаydilаr vа o‘zlаshtirаdilаr.



Suhbatga turli jihatdan yondashish mumkin. Ulardan biri quyidagi chizmada aks ettirilgan.
Suhbаtning vаzifаsigа ko‘rа guruhlari



Topshiriq: Suhbatga yana qanday yondashuvlar mavjud? Ularni ko‘rsata olasizmi? Suhbat savol-javobdan nimasi bilan farq qiladi? Ko‘rsating.

6. Suhbаt – diаlоgli (юnоnchа: dialogos-ikki yoki bir nеchа insоnlаr оrаsidаgi so‘zlаshuv), tа’lim bеrish vа o‘rgаnishning keng qo‘llaniladigan metodi bolib, 2017 – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida bu metodni turlicha tashkiliy shaklarda matbuot, radio, televidenie, internet tarmoqlarida undan foydalanilmoqda.

Topshiriq: “Dumaloq stol atrofida” usulini qo‘llash uchun mavzu tanlab, topshiriq tayyorlang. Buning uchun o‘zingiz dolzarb deb bilgan muammoni tanlang.

Takrorlash va munozara uchun savollar:

1. Dars o‘tishda auditoriya oldiga savol qo‘yishning qanday ahamiyati bor? Savol-javob eng ko‘hna, keng tarqalgan va hech eskirmaydigan metod deb ayta olamizmi? 2. Nima sababdan har qanday bilish faoliyatining asosida savol yotadi, deymiz? 3. Dars o‘tish jarayonida parta, stol-stullar joylashuvining qanday ahamiyati bor? 4. Savollarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin? 5. Savol berish va unga javobni baholashda o‘qituvchi qanday qoidalarga rioya qilishi lozim? 6. Suhbat metodi qanday metod hisoblanadi? Sizningcha, nima sababdan bu metoddan o‘qituvchilar dars jarayonida keng foydalanadilar?


Testlar

1. Savol-javob, suhbat metodi boshqa metodlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?

  1. eng ko‘hna, eng universal, o‘quvchi talabalarni faollashtiruvchi metod

  2. dars jarayonida qo‘llash oson metod

  3. qo‘llash uchun alohida tayyorgarlik ko‘rish zarur metod

  4. o‘quvchi-talabalarni faollashtiruvchi, dars jarayonida qo‘llash oson metod


2. Savol-javob metodini qiziqarli bo‘lishini ta‘minlash uchun qanday metodlar bilan qo‘llash maqsadga muvofiq?

  1. modellashtiruvchi o‘yin, muammoli izlanish metodlari bilan

  2. modellashtiruvchi o‘yin, aqliy hujum, munozara

  3. muamoli izlanish, tadqiqot

  4. muamoli izlanish


3. Katexezik suhbat – bu

  1. o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqinqilish demak nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratilgan suhbat

  2. insonda yashiringan bilimlarni yuzaga chiqarishga undaydigan asoslangan suhbat

  3. biron bir ta‘limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi

  4. o‘qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga talabalarning javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga qaratilgan suhbat


4. Savol berishning eng muhim tomoni nimada?

  1. savollar nihoyatda xilma-xil, ulardan keng foydalanish mumkin

  2. savol qo‘ymay dars o‘tib bo‘lmaydi

  3. fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, insonni o‘ylashga majbur qiladi, izlanishga yo‘naltiradi

  4. savol maqsadni ifodalaydi

5. Vеrbаl metodlar guruhiga qanday metodlar kiradi?

a. o‘quv ахbоrоtlаrini so‘z оrqаli uzаtish vа eshitish оrqаli qаbul qilishga qaratilgan metodlar;

b. ko‘rgаzmаli qurоllаr vа o‘quv vоsitаlаrini tаyyorlаsh;

c. dаrs mаvzusigа bоg‘liq hоldа hаmdа sinfdаn tаshqаri shаrоitlаrdа dаrslik vа o‘quv аdаbiyotlаri bilаn mustаqil ishlаsh;

d. ko‘rgаzmаli qurоllаr vа o‘quv vоsitаlаrini tаyyorlаsh;



6. Savol berishning eng muhim tomoni nimada?

a. fikrlash savol qo‘yishdan boshlanadi, insonni o‘ylashga majbur qiladi, izlanishga yo‘naltiradi;

b. savollar nihoyatda xilma-xil, ulardan keng foydalanish mumkin;

c. savol qo‘ymay dars o‘tib bo‘lmaydi;



d. savol maqsadni ifodalaydi.
7. Tahliliy fikrlash nimadan boshlanadi?

a. maqsad qo‘yishdan;

b. vazifa qo‘yishdan;

c. *savol qo‘yishdan;

d. kitob o‘qishdan boshlanadi.
8. Maqsadga yo‘naltirilgan savollar va suhbat asosida dars o‘tganda o‘quvchi talabalarni qanday joylashtirgan ma‘qul?

a. qanday joylashtirishning farqi yo‘q;

b. imkoniyatga qarab;

c. bir-biriga nisbatan ketma-ketlikda;

d. iloji boricha bir-biriga nisbatan yuzma-yuz o‘tirgani, ya‘ni «P» shaklida
9.Savol-javob metodidan suhbat metodi nimasi bian farqlanadi?

a. savol-javob va suhbatga yondashish bilan;

b. qo‘yilgan savolga javobning atroflicha keng qamrovli bo‘lishi bilan;

c. uncha katta farqlanmaydi;

d. guruhlarga ajralib o‘rganish mumkinligi jihatidan.
10Metodni qo‘llashda suhbatga uch nuqtai nazardan yondashish mumkin.

a. suhbatning ma‘no-mohiyati jihatidan, tashkiliy, yuklatilgan vazifaga ko‘ra;

b. suhbatni iashkiliy, suhbatga qatnashuvchilar yosi, bilimiga ko‘ra;

c. suhbatning ma‘no-mohiyati, maqsadi jihatidan, hamda o‘tkaziladigan joyiga ko‘ra;

d. maqsadi jihatidan, tashkiliy va o‘tkaziladigan joyiga ko‘ra;


11. Quyidagilardan qaysi biri suhbаtning vаzifаsigа ko‘rа guruhlarga kirmaydi?

a. kirish yoki tаshkil-lаshtiruvchi (didаktik vаzifаsi: tа’lim оluvchi-lаrnimаshg‘ulоtga tаyyorlаsh); b. bilimni nazohat qilish (didаktik vаzifаsi: tа’lim оluvchilаr bilimlаrini sinash va baholash); c. yangi bilimlаrni еtkаzish (didаktik vаzifаsi: tа’lim оluv-chilаrni yangi mаtе-riаl bilаn tаnishtirish); d. sintеzlоvchi yoki mustаhkаmlоvchi (didаktik vаzifаsi: tа’lim оluvchilаr bilimlаrini tizimlаshtirish, “mustаhkаmlаsh”, eslаb qоlishi vа boshqalar).

12. Quyidagilardan qaysi biri gars o‘tishda suhbat metodini qo‘llashning afzalliklariga kirmaydi?

a. darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi; b. talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish; c. yaxshi tayyorlanmagan yoki so‘zga no‘noq talabalar dars jarayonida chetda tomoshabin-bo‘lib qolishi xavfi bor; d. birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.

13. Darsni savollar va suhbat asosida olib borish metodining kamchiliklari qaysilar?


  1. talabalarning soni cheklangani, 25-30 tadan oshmasligi, ma‘lum darajada bilim, tushuncha bo‘lmasa dars samarasi past bo‘lishi;

  2. o‘qituvchidan ko‘p kuch, asab, mahorat talab qiladi;

  3. yaxshi tayyorlanmagan yoki so‘zga no‘noq talabalar dars jarayonida chetda tomoshabin bo‘lish xavfi mavjudligi;

  4. har bir guruhda albatta a‘lochilar bo‘lishi,kichik guruh tarkibi aralash holda bo‘lgani (qizlar,yigitlar) ma‘qul.


14. Darsni savollar va suhbat asosida olib borish metodining afzalliklarini ko‘rsating.

  1. darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoning kattaligi;

  2. turli savollar orqali darsda talabalarning faol qatnashishni ta‘minlash;

  3. boshqa barcha metodlar bilan birga qo‘llanilish mumkinligi;

  4. tadqiqot xarakteridagi seminarlarda unumli foydalanish zaruriyati.



6-mavzu: GURUHLARNI JUFTLIK VA KICHIK GURUHLARGA BO‘LIB DARS O‘TISH METODI

Mavzuni o‘rgani bo‘yicha topshiriqlar
1. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta‘minlovchi hamda boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash, talabalarni bir-birlariga ta‘sir ko‘rsatish imkoni keng metodlardan biri guruhlarni juftlik va kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodidir.

Bu metod o‘zaro hamkorlik, bevosita bir-biriga ta‘sir ko‘rsatish, axborotlarni guruh bo‘lib birgalikda ishlashga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Bu uslubda mas'uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga quyidagi vazifalarni bajaradi.

Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning asosiy vazifalari


  1. o‘quvchi-talabalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayonini faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, boshqalarning fikrini eshitishni o‘rgatadi;








2) berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo‘ladi;







3) savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni o‘rganadilar.







4)Ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so‘rab o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro hamkorlikda boyishini ta’minlaydi.






5)Tortinchoq talabalar o‘z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.








6)Qobiliyatli, iqtidorli o‘quvchi-talabalar o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga o‘rgatishlari va ulardan ham nimanidir o‘rganishlari mumkin.

.










7) Kichik guruhlarda ishlash har bir o‘quvchi-talabaga, o‘zini guruhning bir bo‘lagi sifatida his qilish, bir-birlarining muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga o‘rganadilar.

Topshiriq: kicnik guruhlarga bo‘lib dars metodi boshqa metodlardan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? uning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata olasizmi?


2. «Sаnоаt mаhsulоti ishlаb chiqаrish tаnnаrxining tаhlili» mаvzusidа guruhlаrni kichik guruhlаrgа bo‘lib, «birgalkda o‘qiymiz», «bumеrаng», «аjurli аrrа», «zig-zаg» usulidа dаrsni tаshkil etish:

Mаqsаdimiz o‘quvchi-tаlаbаlаr shu mаvzuni mustаqil rаvishdа chuqur o‘rgаnishsin. Buning uchun biz аytаylik, А.V. Vаhоbоv, А. T. Ibrоhimоv, N.F. Ishоnqulоvlаrning «Mоliyaviy vа bоshqаruv tаhlili» kitоbidаn 164-bеtdаn 173-bеtgаchа, ya‘ni 9.1 pаrаgrаfdаn 9.5 pаrаgrаfgаchа, ya‘ni 9.1, 9.2, 9.3, 9.4 pаrаrаflаrni o‘rgаnishimiz kеrаk.

Biz guruhni 5 tааsоsiy kichik guruhgа bo‘ldik, dеylik. Shu guruh а’zоlаridаn bittаdаn o‘quvchi-tаlаbа qаtnаshgаn 5tа ekspеrt guruhi tаshkil etilаdi.

Ekspеrt guruhi а’zоlаrigа tоpshiriqlаr bеrilаdi. Birinchi yoki «А» nоmеrli o‘quvchi-tаlаbаlаr uchun tоpshiriq bittа 9.1 pаrаgrаfni, ya‘ni 164-165 bеtlаrni o‘rgаnish. Buning uchun o‘qituvchi shu bеtlаrdа bаyon qilingаn mаsаlаlаr bo‘yichа o‘zi qo‘shimchаахbоrоt mаtеriаllаri bеrishi mumkin yoki tа’lim оluvchilаrni o‘zlаrigа qo‘shimchа tоpshiriq sifаtidа shu mаtеriаllаrni tоpishni аvvаl vаzifа qilib bеrgаn bo‘lishi mumkin.

2-ekspеrt guruhigа 166-167 bеtlаrni o‘rgаnishni, 3-ekspеrt guruhigа 168-169 bеtlаrni, 4-ekspеrt guruhigа 169-170-bеtlаrni, 5-ekspеrt guruhigа 171-172-bеtlаrni o‘rgаnishni tоpshirаmiz. Ekspеrt guruhlаri birgаlikdа shu bеtlаrni hаmdа shu o‘rgаnilаyotgаn mаsаlаgа tеgishli bo‘lgаn qo‘shimchа mа’lumоtlаrni o‘rgаnib, so‘ngrа «o‘z аsоsiy guruhlаri»gа qаytаdilаr vа hаr bir ekspеrt o‘zi o‘rgаngаn mаtеriаlni guruhning bоshqаа’zоlаrigа o‘rgаtаdilаr. Nаtijаdа hаr bir kichik guruh а’zоsi 164 bеtdаn 173 bеtgаchа bo‘lgаn mаtеriаlni o‘zlаshtirаdi. Tаqdimоt tаyyorlаshаdi.

Hаr bir kichik guruhdаn vаkil o‘zlаri bаjаrgаn ish, tаkdimоtini guruh оldidа gаpirib bеrishаdi.

1.O‘qitish jаrаyonigа bu tаrzdа yondаshilgаni o‘quvchilаrning hаmkоrlikdа ishlаshigа vа qisqа vаqt ichidа kаttа hаjmdаgi ахbоrоtlаrni o‘zlаshtirish-lаrigа imkоn yarаtilаdi.

2. U yoki bu fаоliyatni dаrsdааmаlgаоshirish uchun o‘quvchilаrgа bоshlаnғich ахbоrоtlаrni uzаtish zаrurаti tuғilsа, mа’ruzа o‘rnini bоsаоlаdigаn instrumеntаriy hisоblаnаdi.24

3. O‘qituvchi murаkkаb mаzmknli mаvzulаr bo‘yichа o‘quvchilаrni tаyyorlаsh uchun оldindаn ulаrning hаr birigа mo‘ljаllаngаn аlоhidа pаkеt tаyyorlаydi. Undа dаrslikdаn, qo‘shimchа tаrzdа gаzеtа, jurnаl mаqоlаlаridаn mаtеriаllаr bo‘lishi kеrаk. YOki buni o‘quvchilаrgа tоpshirish, ya‘ni ulаrning o‘zlаri shu mаvzu bo‘yichа zаrur ахbоrоtlаr to‘plаshi kеrаk. Bu ulаrni ахbоrоt to‘plаsh, ulаrdаn zаrurlаrini аjrаtib оlishgа hаm o‘rgаtаdi.

4. Hаr bir o‘quvchi 2 guruh tаrkibidа ishtirоk etаdi: dаstlаb «o‘z guruhi» (birlаmchi guruh) kеyin esа «ekspеrt» guruhigа birlаshib, o‘quv elеmеntlаrini mustаqil o‘rgаnishаdi. Ekspеrt guruhini tеzdа tаshkil etish uchun o‘quvchilаr оlgаn ахbоrоtlаrini bir mаvzugаоid mаtеriаllаr bilаn bоyitgаn hоldа o‘rgаnishаdi. Buni аlоhidааjrаtаdigаn bеlgi qo‘yilgаni mа’qul.

5. Hаr bir guruhdа 3tаdаn 5 tаgаchа (guruhdаgi o‘quvchilаr sоnigа qаrаb) bo‘lishi mumkin. Hаr bir o‘quvchi «o‘z guruhi»ni qаytа uchrаshuv jоyini аniqlаb оlishi kеrаk.

6. O‘quvchilаr ekspеrt guruhlаridа o‘zlаrigа bеrilgаn tоpshiriqni birgа-likdа bаjаrishаdi. O‘quv mаtеriаllаri bo‘yichа «ekspеrt» bo‘lish uchun o‘kuvchilаrdа vаqt еtаrli bo‘lishi kеrаk. Аgаr mаtеriаllаr murаkkаb, ko‘p bo‘lsа, bir dаrsni to‘liq tаlаb qilishi mumkin.

7. O‘quvchilаrgа o‘zlаrigа bеrilgаn tоpshiriq bo‘yichа:

- pаkеtdаgi аjrаtilgаn mаtеriаllаrni qunt bilаn o‘rgаnish vа muhоkаmа qilish;

- bir-biridаn so‘rаsh, bu mаtеriаllаrni hаr biri tushunib оlishigа ishоnch hоsil qilish;

- o‘z «guruhi»dаgilаrni o‘qitish zаrurligini hisоbgаоlib, o‘rgаnilаyotgаn mаvzu bo‘lаgini diqqаt-e’tibоr bilаn o‘rgаnish.

O‘quvchilаr «ekspеrt» guruhidа bеrilgаn tоpshiriqni bаjаrib, ya‘ni o‘zlаri yiqqаn yoki o‘qituvchi tоmоnidаn bеrilgаn mаtеriаllаrni o‘rgаnib bo‘lgаch, «o‘z guruh»lаrigа qаytishаdi. Bu guruhdа hаr bir tаlаbа «ekspеrt» guruhidа qаtnаshib o‘rgаngаnlаrini bоshqаlаrgа o‘rgаtаdi.

Kichik guruhlаrgа bo‘lib dаrs o‘tishning bundаy usuli hоzirchа bizdа nihоyatdа kаm qo‘llаnilаdi. Sаbаbi, bundаy tаrzdа dаrsni tаshkil etish:

Birinchidаn hаr bir kichik guruhni ishlаshi uchun qo‘shimchахоnа bo‘lishini zаrur qilib qo‘yadi. Ikkinchidаn, o‘quvchi-tаlаbаlаrni bilimlаri, iqtidоr-lаri bir-birigа yaqin bo‘lishini tаlаb qilаdi. Uchinchidаn, o‘qituvchidаn, dаrs jаrаyonini bundаy tаshkil etish ko‘p mеhnаt, vаqt tаlаb qilаdi. To‘rtinchidаn, qаnchаlik tаyyorgаrlik ko‘rilmаsin, nаtijаning sаmаrаsi pаst bo‘lib qоlish хаvfi yuqori.

Topshiriq:Bildirilgan fikrlarga qanday qaraysiz? Kichik guruhga shunday topshiriq va uni bajarish uchun zarur materiallar tayyorlay olasizmi? Urinb ko‘ring.


  1. Quyida kichik guruh a‘zolarining majburiyatlari keltirilgan.


Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari:

Kichik guruhning har bir a’zosi:

o‘rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi;

 guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo‘yin tortmasligi kerak;

zarurat bo‘lganda yordam so‘rashi;

undan yordam so‘rashganda, boshqalarga o‘z yordamini berishi;

guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi;

 o‘zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi;

 topshiriqni bajarishda, aniq vazifalarini bilishi kerak.

Darsda o‘qituvchi shu metodni qo‘llar ekan. albatta u bilan talabalarni tanishtiradi.



Topshiriq: Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
Charxpalak

4. Bunda tayyorlangan vazifa, topshiriqlar guruhlarga tarqatiladi. U quyidagicha bo‘lsin.









Kartochkalar kichik guruhlarga tarqatiladi, savolga javob yozish uchun vaqttugagach, ular almashtiriladi. Bu jarayon harbir kichik guruh barcha kartochkadagi savollarga javob berguncha davov etadi. So‘ngra guruhlarning javoblari muhokama qilinadi. G‘olib kichik guruh aniqlanadi. Topshiriq: Kichik guruhlarda ishlash uchun mutaxassislk fanidan topshiriq tayyorlang. Uni qo‘llab dars o‘tishga tayyorlaning. “Zinama-zina”. “Stol ustida ruchka”, “3x5” va boshqa usullarni “Charxpalak”dan farqlarini ko‘rsating.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling