Jizzax viloyati forish tumani


Download 1.33 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1590948
1   2   3   4
Bog'liq
10-sinf Biologiya fanidan Tabiiy tanlanish va uning turlari ochiq dars ishlanmasi

Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o„zgaruvchanligini
kamaytiradi, turg„unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog„liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo„g„in mobaynida yashash sharoiti o„zgarmasa, u holda populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo„ladi va tabiiy tanlanish o„zgaruv chanlikni stabillashtirish tomonga yo„naltiradi.
Muhitga yaxshi mos lashgan, o„rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o„zgargan organizmlar esa nobud bo„ladi.Fenotipi keskin o„zgar gan formalarning halokatga uchrashi tabiiy populatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomo nidan chumchuqlar ustida o„t kazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo„ronidan so„ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o„lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini o„lchab ko„rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o„rtacha, nobud bo„lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo„lgan, binobarin, qanotlari o„rtacha uzunlikda bo„lgan formalar bo„ron paytida tirik qolganligi, normadan o„zgargan chumchuqlar nobud bo„lganligi aniqlangan.


Mana shu o’rinda o’quvchilar uchun oldindan tayyorlangan savollar sinf o’quvchilariga beriladi.

  1. savol.Stabillashtiruvchi tanlanish nima?

  2. savol.Stabillashtiruvchi tanlanishga misollar keltiring.

3.O‟zgaruvchan muhit stabillashtiruvchi tanlanishda ahamiyati nimalardan iborat?

~ 13 ~


Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiya dagi irsiy o„zgaruvchanlik chegarasini kengay tiradi. Harakatlanti ruvchi tanlanish o„z gargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o„rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkam laydi. Buning oqibatida kelgusi bo„g„inlarda oldingi bo„g„inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o„rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Darvin besh yillik safar chog„ida kuchli shamol tez-tez bo„ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning ko„pligini uchratgan.
Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo„lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh beraolmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko„tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Organizmlarning yangi belgi- xossalarining hosil bo„lishi va rivojlanishini ta‟minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.
Mana shu o’rinda o’quvchilar uchun oldindan tayyorlangan savollar sinf o’quvchilariga beriladi.

  1. savol.Reaksiya normasining ahamiyati nimalardan iborat 2-savol.Harakatlantiruvchi tanlanish deb nimaga aytiladi?


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling