Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati


Download 296 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1542625
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari

Jadval O‘zbekiston Respublikam Davyaat statistika ko‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblab chikilgan.
qishloq tumanlarida investitsiya muhitini yaxshilash, ijtimoiy-iktisodiy soxalarni jadal rivojlantirish talab etiladi.


Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining maydoni va aholi
soni bo‘yicha eng kichik ma’muriy birliklaridan sanaladi. U 1963-yil 16- 4
fevralda tashkil etilgan, maydoni 4,28 ming kv. km yoki respublika hududining bor-yo‘g‘i 0,95 foizini tashkil etadi, xolos. Bu borada u mamlakatimizda oxirgi o‘rinda turadi. Aholisi 2014-Yil ma’lumotlariga Karaganda, 763,7 ming kishi. Bu O‘zbekiston jami axolisiga nisbatan 2,5 %, Mirzachul iktisodiy rayonining 39,0 foizi demakdir. Axoli soni bo‘yicha xam viloyat eng so‘ngti o‘rinda.
Mamlakatimiz va iktisodiy rayon xududiy mehnat taqsimotida bu mintaqa avvalo qishlok xo‘jalik mahsulotlariga, jumladan, paxta, poliz ekinlari, don va boshka mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Xo‘jaligi, umuman olganda, hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. Kolaversa, ushbu viloyatning tashkil etilishini asosiy maqsadi xam yangi yerlar, ya’ni Mirzacho‘lni o‘zlashtirish asosida paxtachilikni rivojlantirish bo‘lgan. Bundan taxminan 100 yil muqaddam mazkur cho‘lning o‘zlashtirilishi Chor Rossiyasi tomonidan boshlangan va o‘sha
vaktda juda katga maydonni egallovchi Sirdaryo viloyati (bo‘limi) xam tashkil etilgan.
2013-yil yakunlariga kura, Sirdaryo viloyati O‘zbekiston yalpi ichki maxsulotining 1,9 foizini bergan, uning sanoat ishlab chikarishdagi ulushi - 2,4 % dir. Qishloq xo‘jaligining hududiy mujassamlashuv kursatkichi ancha yuqori, ya’ni 3,9 foizga teng. Qolgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar 1,5-1,9 % atrofida, eksport-import saloxiyati esa bundan xam past.
Sirdaryo viloyati ma’muriy jihatdan 8 ta qishloq tumanlari, 5 ta tumash a bo‘Ysinuvchi shahar va 25 ta shaharchalardan iborat. Qishloq fuqarolar yig‘inlari 69 ta bo‘lib, ular jami 257 ta qishloq aholi punktlarini birlashtiradi. 25-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinnb turibdiki, ayrim qishlok tumanlari viloyat tashkil topganidan oldin xam mavjud bo‘lgan. Masalan, Sirdaryo tumani 1939-yilda, Guliston 1952 yilda, Boyovut - 1961 yilda ajratilgan. Eng so‘ngti tuman 1988-yilda tashkil etilgan (Mirzaobod).
Viloyat maydoni kichik, uning tumanlari xam shunta moe xolda mayda, o‘rtacha har bir qishlok tumanlariga 0,54 ming kv. km to‘g‘ri keladi. Biroq, bu ko‘rsatkichlar xududi bo‘yicha deyarli tengdosh Andijon viloyatiga solishtirilsa, ular nisbatan kattaroq tuyuladi. Ma’lumki, Andijon viloyatining maydoni 4,30 ming kv. km bo‘lib, shunday kichik xududda 14 ta qishloq tumanlari bor, har bir tumanning maydoni o‘rtacha 0,31 ming kv km. Viloyatda eng katta tuman bilan eng kichik tuman orasidagi nisbat (Mirzaobod va Guliston tumanlari) 1,83 martani tashkil kiladi.

Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling