Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati
Iktisodiy geografik o‘rnn va tabiiy resurelari
Download 296 Kb.
|
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari
Iktisodiy geografik o‘rnn va tabiiy resurelari. Sirdaryo viloyati nisbatan kulay iktisodiy geografik mavkega ega. Viloyat mamlakatimiz doirasida garb va:' janubi-g‘arbda Jizzax, shark va shimoli-sharkda Toshkent viloyati bilan chegaradosh. Geosiyosiy o‘rni ham o‘ziga xos: Sirdaryo viloyati shimolda Qozogiston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston viloyati, janubda Tojikiston Respublikasining So‘gd viloyati bilan tutash- Viloyatning deyarli koq o‘rtasini kesib o‘tgan magistral yullar ("Sirdaryo o‘ki") ham uning geografik o‘rnining qulayligi, tranzit xususiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Yer usti tuzilishi uncha murakkab bo‘lmagan, Sirdaryo viloyati foydali kazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilishlarda ishlatiladigan g‘isht ishlab chiqarish uchun xom ashyoni xisobga olmaganda, (Boyovut va b.) deyarli boshka boyliklari aniqlanmagan. Hududining aksariyat qismi tekisliklardan iborat bo‘lib, Jizzax viloyatidan farq kilgan holda, u sugorma dehkonchilik kilish uchun ancha kulaydir. Ammo umumiy yer fondi nafaqat iktisodiy rayonda, balki respublikada ham nisbatan kichik hisoblanadi. Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo‘lib, u 210-228 kunga yetadi. Iklimining issiqligi, vegetatsiya muddatining uzoqligi issiqsevar ekinlar yetishtirish uchun qulay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u xudud yerlarini sug‘orishga xizmat qnladi. Respublikamizdagi gaz bilan ishlaydigan eng yirik, quvvati 3000 kVt bo‘lgan Sirdaryo IES viloyatning Shirin shahrida kurilgan. Sirdaryo viloyatidagi o‘ziga xos tabiiy-iktisodiy, geofafik omillarning mavjudligi xujalikning sug‘orma dehqonchilik va shu asosda ba’zi tarmoqparning rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib, viloyatning tabiiy sharoiti, xususan mineral resurs saloxiyatining pastligi, uning ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mintaka yer usti tuzilishi xam ijobiy, xam biroz salbiy axamiyatga ega. Uning balandligi dengiz sathidan 310-320 metrdan oshmaydi. Bunday tekislik uy-joy kurilishi, transport infratuzilmasini rivojlantirish xamda aholi joylashuvi uchun qulay. Ammo qishloq xo‘jaligi, xususan sug‘orma dehqonchilik nuktai nazaridan yer biroz nishab bo‘lgani ham ma’kul. Sababi, bunday sharoitda suv to‘planib, yer zaxlanib krlmaydi. Qishlok tumanlarining joylanishi, tashki kiyofasi (konfiguratsiyasi) xo‘jalikni xududiy tashkil etish va boshkarishda biroz kiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, Mirzaobod tumanining bir qismi uning asosiy qismidan "uzilgan" (eksklav) xolda, Okoltin va Sardoba tumanlarining o‘rtasida joylashgan; Sirdaryo tumani meridianal (tik) xolda cho‘zilgan bo‘lsa, Xovos gorizantal ko‘rinishga ega. Faqat Sayxunobod tumani biroz ixcham (kompakt) xududiy ko‘rinishga ega, xolos. Mintaqaning barqaror ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishiga ma’muriy-xududiy tuzilmaning o‘zgaruvchanligi xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’muriy birliklarning qo‘shilib, yana qayta tiklanishi, qishloq tumanlari chegaralarning o‘zgarib turishi kabi "geografik o‘iinlar" xududlarni boshqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish, qolaversa, retrospektiv ilmiy tadqiqotlar olib borishda xam ayrim qiyinchiliklarga olib keladi. Download 296 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling