Axborot nima? - “Axborot” — lotincha “information” so‘zidan olingan bo`lib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi. Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy bosma shakldagi bibliografik qo‘lanmalar va, shuningdek, elektron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha.
Bibliografik yozuv - Bibliografik yozuv — bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy m a’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qollaniladi.
Bibliografik qo‘llanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning ma’lum bir tartibda bir joyga to‘plangan shakli, fikrlarning umumiyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujyatlarning mazmuniga ko‘ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an’anaviy bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi bibliografik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda. - Bibliografik qo‘llanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning ma’lum bir tartibda bir joyga to‘plangan shakli, fikrlarning umumiyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujyatlarning mazmuniga ko‘ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an’anaviy bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi bibliografik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda.
Tafsiv boshi — bibliografik yozuv elementi bo‘lib, bibliografik tavsif boshida joylashadi va bibliografik qidirishning asosini tashkil etadi. Qoilaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning qismi haqidagi ma’lumot xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi:
Shaxs nomini ko‘rsatuvchi
Tashkilot nomini ko‘rsatuvchi
Qisqartirilgan sarlavhani ko‘rsatuvchi
Hujjat turini anglatuvchi
Geografik nomini anglatuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |