Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi kutubxona rahbar va xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi uchun


Download 1.56 Mb.
bet4/12
Sana30.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1403767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jgu3q9ippEg6wMG8fIJd4jNAVoTjAvVrWltKTvjz

 

2.Bibliografik faoliyat

  • Bibliografik faoliyat — iste’molchilarning bibliografik axborotga bo‘lgan talabini va ehtiyojini qondirish bo‘yicha faoliyat sohasi bo‘lib, uning mazmuni bibliografik axborotni tayyorlash va uni iste’molchiga talabi va qiziqishiga ko‘ra yetkazib berish jarayonidan iborat.

Bibliografiyalash

  • Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik aniqlash, bibliografik qidirish, bibliografik qayta ishlov berish, bibliografik tanlash, bibliografik guruhlashtirish jarayonlaridan iborat bo‘lib, bibliografiyalash deb ataladi.

Bibliografik xizmat

  • Bibliografik axborotni iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib berish jarayoni bibliografik xizmat deyiladi. Bunda ma’lumot bibliografiya apparatini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish, bibliografik axborotlashtirish va axborot ta’limi nazarda tutiladi.

Bibliografik aniqlash

  • Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga ko‘ra hujjatlarni bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir.

Bibliografik tanlash

  • Bibliografik tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik ishlovga mos holda hujjatlami ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy ahamiyati, axborotga tolaligi, obyektivligi, bibliografik axborotga mosligi hisobga olinadi.

Bibliografik qidirish

  • Bibliografik qidirish—bibliografik ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli, aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurslarini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan dastur asosida olib boriladi.

Bibliografik ishlov

  • Bibliografik ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling