Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09
Adabiyotlar Tahlili Va Metodlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natijalar Va Muhokama
- Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09 | Sep - 2022
Adabiyotlar Tahlili Va Metodlar
O‗zbek tilshunosigida shevashunoslik bo‗yicha ko‗pgina ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.Bu soha bo‗yicha taniqli olimlar K.K.Yudaxin, E.D.Polivanov, A.K.Barovkov, V.V.Reshetov, .Shoabdurahmonov, S,Ashirboyev, A.Ishayev, I.Darveshovlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Ular o‗zbek shevalarining tasnifi, areal xoslanishi, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari, o‗zbek tilining qardosh tillar bilan o‗xshash va farqli tomonlari kabi masalalarga to‗xtalib o‗tishgan va bu jihatlarni ayrim hududning shevalari misolida ochib berishgan. Natijalar Va Muhokama O‗zbek xalq shevalarini o‗rganish bugungi o‗zbek tishunosligi uchun juda muhimdir. O‗zbek tili tarixini o‗rganish , adabiy til leksikasini tahlil qilish va izohli lug‗atlar tuzishda o‗zbek xalq shevalaridan to‗plangan materiallar katta ahamiyat kasb etadi. X.Doniyorovning fikricha Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09 | Sep - 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz 135 ‖Xalqimiz tarixiga nazar tashlasak, uning uzoq va murakkab tarixiy jarayonda turli xalqlarga mansub bo‗ lgan qabila va elatlarning aralashib, qo‗shilib ketganligini kuzatamiz. Shuning uchun ham hozirgi o‗zbek xalqining tarkibida etnogenezi( kelib chiqishi) jihatdan o‗zbek millatiga mansub bo‗lmagan qavmlar, jumladan, fors-tojiklar, arablar,yunonlar,ruslar, armanlar,mo‗g‗ullar, shuningdek,qardosh turkiy qabila va elatlarga mansub bo‗lgan turk, ozarbayjon,tatar, boshqird, gagauz, turkman, uyg‗ur, qozoq, qirg‗iz, qoraqalpoq kabi ko‗pgina xalqlarning avlodlari borligi ajablanarli hol emas. Lekin shuni aytish kerakki, o‗zbek millatining ko‗pchiligini, shubhasiz, o‗zbeklar tashkil qiladi.‖ Bu esa o‗zbek shevalarini o‗rgaishda uning qardosh tillar bilan o‗zaro aloqasi va qiyosiy tahlili uchun asos bo‗ladi. S. Ashirboyevning fikricha ―Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy- ma‘naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Aslida ham ona tili deganda sheva tushinilishi haqiqatga yaqindir. Shuning uchun ham uni asrab- avaylash zarur.‖ O‗zbek shevalarini tasnif qilgan olimlarning qarashlariga tayanadigan bo‗lsak, ular o‗zbek shevalarining fonetikasi, leksikasi, morfologiyasi va tarqalish va qo‗llanilish hududiga qarab tasnif qilganliklarinini ko‗rishimz mumkin bo‗ladi. Barcha olimlarning tadqiqotlari asosida bugungi kun o‗zbek adabiy tilining rivojlanishi uchun asos bo‗lgan uch asosiy lahja( qarluq- chigil-uyg‗ur, qipchoq, o‗g‗uz ) shakllangan. Biz o‗rganmoqchi bo‗lgan Farg‗ona viloyati hududiga kiruvchi Bag‗dod shevasi I.I.Zarubin tasnifi bo‗yicha Farg‗ona guruhiga, K.K.Yudaxin tasnifi bo‗yicha ham Farg‗ona guruhiga, E.D.Polivanov tasnifi bo‗yicha chig‗atoy lahjasiga, G‗ozi Olim Yunusov tasnifiga ko‗ra turk-barlos guruhiga, A.K.Barovkov tasnifi bo‗yicha o‗rta o‗zbek dialekti guruhiga, V.V.Reshetov tasnifi bo‗yicha janubi-sharqiy guruh shevalariga kiradi. Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‗ra hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta‘sirida juda tez birlashib, sayqallanib borishiga qaramay , bu xususiyat faqat qishloqlarda emas, balki shaharlarda ham ma‘lum darajada saqlanib kelyapti, hattoki yetarli bilimga ega , ziyoli insonlar nutqida ham o‗zi yashayotgan hudud shevasining ta‘sirini sezish mumkin bo‗ladi. Bag‗dod shevasi leksikasi ham adabiy tildan birmuncha farq qiladi. Bu yerda yashovchi aholi uchun bu sezilmasada, lekin boshqa hududdan kelgan insonlar buni tezda payqab olishi mumkin. . Har bir qishloq aholisining nutqida o‗ziga xos leksik farqlarni ko‗rish mumkin. Masalan, adabiy tildagi “ Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling