Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraboyeva Mohira Abdusalim qizi Farg‗ona davlat universiteti Lingvistika (o‗zbek tili) 2-bosqich magistranti Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09 | Sep - 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz 134 O„ZBEK SHEVASHUNOSLIGIDA BAG„DOD TUMANI SHEVASINING LEKSIK XUSUSIYATLARINI O„RGANILISHI Qo‘ldashev Nizomiddin Ahmadaliyevich, PhD Farg‗ona davlat universiteti filologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori Qoraboyeva Mohira Abdusalim qizi Farg‗ona davlat universiteti Lingvistika (o‗zbek tili) 2-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada Bag‘dod tumani shevasi haqida fikr bildirilib, shevalar tilshunoslikning ajralmas qismi sifatida o‘rganilishi, bugungi kunda o‘zbek shevashunosligiga oid tadqiqotlarga biroz bo‘lsa-da kamroq e’tibor berilayotganligi va Bag‘dod tumani shevasi hali o‘rganilmagan, shevashunoslik ilmi uchun yangi tadqiqot obyekti ekanligi haqida atroflicha fikr yuritilgan. Shuningdek Bag‘dod tumani shevasining leksikasiga doir ma’lumotlar oddiy xalq va ilm ahlidan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, shevashunos olimlarning ilmiy manbaalariga asoslanib yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Dialektologiya, sheva, o‘zbek tili, adabiy til, shevalarning o‘rganilish tarixi, Bag‘dod shevasi. Kirish Ma‘lumki, tilshunoslikdagi dialektologiya fani shevalar va ularning fonetik, leksik, morfologik tadqiqi va areal xoslanishi , shuningdek, transkripsion belgilarini o‗rganadigan sohadir. Sheva o‗ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan milliy tilning kichik hududga oid qismini anglatadigan tushunchadir. Hozirgi kungacha o‗zbek tilshunosligi dialektologik tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‗lib, ular O‗zbekistondagi barcha hududlarni qamrab olgan deb bo‗lmaydi. Xususan, Farg‗ona viloyatidagi Bag‗dod tumani shevasi hali o‗rganilmagan hududlar sirasiga kiradi. Bu hudud shevasining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini tadqiq qilib borish mobaynida shevashunoslik ilmi uchun yana birilmiy-amaliy tadqiqotni amalga oshirib boramiz va ajdodlarimiz tomonidan haligacha saqlanib kelayotgan sof milliy til unsurlarini kelajak avlod uchun bor holicha yetkazib berish uchun xizmat qilamiz. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling