Jumabayeva Mehri
Download 1.23 Mb.
|
Jumaboyeva Mehri
Skeleti deyarli to’liq suyakdan tashkil topgan bo’lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo’linadi. Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumg’aza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib chiqqan (protsel) bo’ladi. Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo’lib, ulardan birinchi 2ta umurtqasi xamma amniotalardagi singari o’ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo’lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismiga bo’lib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi – epistrofeyning tishsimon o’simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko’krak-bel bo’limlari 22 ta umurtqadan iborat. Ularning xammasi qobirg’alar bilan tutashadi. Kaltakesakning to’shi tog’aydan tuzilgan. Dumg’aza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo’lib, bularning ko’ndalang o’simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi. .Skeleti deyarli to’liq suyakdan tashkil topgan bo’lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo’linadi. Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumg’aza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib chiqqan (protsel) bo’ladi. Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo’lib, ulardan birinchi 2ta umurtqasi xamma amniotalardagi singari o’ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo’lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismiga bo’lib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi – epistrofeyning tishsimon o’simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko’krak-bel bo’limlari 22 ta umurtqadan iborat. Ularning xammasi qobirg’alar bilan tutashadi. Kaltakesakning to’shi tog’aydan tuzilgan. Dumg’aza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo’lib, bularning ko’ndalang o’simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi. .Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning uchiga borgan sari o’simtalarni yo’qotib, kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarning tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xaf tug’ilganda (dumdan ushlanganda yoki dumi bosilganda) dumlarini shu joyidan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tikalanadi. osh skeleti koplovchi suyaklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to’rtta ensa suyak, ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo’shilib turadi. Bu suyak xamma aminotalardagi singari miya qutisining tagini, asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment-qoldiq xolda bo’ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag’aro, ustki jag’, manglay oldi, yosh, ko’z usti, ko’z orqa suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling