Jumabayeva Mehri
Download 1.23 Mb.
|
Jumaboyeva Mehri
Tangachalilar turkumi – Squamata. Tangachalilar xozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko’p sonli gruppasidir. Bularning har xil tangacha bilan qoplangan kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan harakatchan qo’shiladi. Tuxumlarida oqsil bo’lmaydi va peregamentsimon parda bilan qoplangan. Tangachalilar turkumi uchta kenja turkumga bo’linadi. Kaltakesaklar kenja turkumi – Lacertilia. Bularning tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ko’pchilik tangachalilarning oyoqlari bo’lsa, ularning ichida oyoqsizlari ham bor. Lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o’laroq to’sh suyagi, oyoq kamari, harakatchan ko’z qovoqlari va nog’ora pardasi bo’ladi. Kaltakesaklarning ko’pchiligi Rossiyaning janubiy rayonlarida yashasa, tirik tug’uvchi kaltakesak bilan tez kaltakesak o’rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. O’rta Osiyo cho’llarida har xil to’garak boshlilar, kechasi aktiv hayot kechiradigan gekkonlar, kulrang echkemar, agamalar va boshqalar yashaydi.
Ilonlar kenja turkumi – Ophidia yoki Serpentis. Gavdasi har xil tsilindr shaklida bo’lib, deyarlik qismlarga bo’linmagan. Oyoqlari yo’q. qovoqlari o’zaro qo’shilib ketib, yupqa parda hosil qiladi. Nog’ora pardasi yo’q. O’pkasi toq, buyraklari lentasimon cho’ziq. Jag’ apparatining suyaklari (tanglay, qonotsimon va tangachasimon) o’zaro harakatchan qo’shiladi. SHu sababli ilonlar o’z o’ljalarini butunlay yutadi. Bo’g’ma ilonlar o’ljasini gavdasi bilan o’rab olib bo’g’adi. Zaxarli ilonlar esa o’ljasini zaxari bilan o’ldiradi. Zaxarli ilonlar ustki jag’ining ikkita tishi kattaligi bilan boshqa tishlaridan farq qilib turadi va yuqori jag’ suyalariga o’rnashgan bo’ladi. Zaxarli tishlar jag’ ochilganda ustki jag’ga vertikal, yopilganda esa uni uchi orqa tomonga qaratiladi. Qora ilonlarning zaxar tishlarining pastki yuzasida nov bo’ladi. Zaxar shu nov va kanallardan ilon chaqqanda oqib chiqadi. Zaxar maxsus ustki jag’ bezlari tomonidan ishlab chiqiladi. Odam uchun ko’z oynakli, qora chinqiroq ilonlarning chaqishi juda xavflidir. Bu ilonlar Respublikamizning cho’l va tog’ rayonlarida tarqalgan. Rossiya qizil kitobiga 19 tur kaltakesak va 16 tur ilonlar kiritilgan. Bular qrim gekkoni, turkman gekkoni, xantov to’garak boshi, bo’z echkiemar, turk kaltakesagi, Zakavkaziya chipor iloni, O’rta Osiyo ko’z oynakli iloni, kichik Osiyo iloni va boshqalar kiradi.
Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling