Jumabayeva Mehri
Download 1.23 Mb.
|
Jumaboyeva Mehri
Qon aylanish organlari. Yuragi uch kamerali yurak qorinchasi o’rtasidan parda bilan ikki qismga bo’linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi to’siqqa yetib bormaydi. Arterial sistemasida o’zgarishlar yuz beradi. Avvalo yurak qorinchasidan mustaqil xolda uchta qon tomir chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan o’ng aorta yoyi chiqadi. O’ng aorta yoyidan uyqu va o’mrov osti arteriyalari chiqadi. Yurak qorinchasining o’rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastida o’ng aorta yoyi bilan qo’shiladi va orqa aortani xosil qiladi. Nixoyat, yurak qorinchasining o’ng qismidan o’pka arteriyasi chiqadi va venoz qonni o’pkalarga olib boradi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum, chanoq va son venalariga yig’iladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak sitemasini xosil qiladi. Qolgan venoz qon qorin venasiga yig’iladi, jigarda jigar qopqa venasini xosil qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh qismidan venoz qon juft bo’yinturuq venaga yig’iladi va oldingi oyoqlardan o’mrov osti venalariga to’planadi. Bular qo’shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar xam o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling