Jumabayeva Mehri


Download 1.23 Mb.
bet1/9
Sana15.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1704394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jumaboyeva Mehri

Jumabayeva Mehri

Reptiliyalar sinfining umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar qushlar va sut emizuvchilar singari quruqlikda hayot kechiradi. Ayrim vakillari ikkilamchi suvda yashashga o’tgan. Bu 3 ta sinf vakillarining tuxumi ichki urug’lanadi va quruqlikda ko’payadi. Faqat ayrim sut emizuvchilar suvda rivojlanadi. Ularning embrional rivojlanishida murtak parda paydo bo’ladi.

Sudralib yuruvchilar – yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki aminotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo’ladi. Terisi quruq bo’lib, epidermisi kuchli shoxlangan. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki pantsir bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor. Tana umurtqalaridan qobirg’alar chiqib, ularning oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo’shiladi va ko’krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog’ida kulrang modda bo’ladi. Nafas olish organi bo’lib, umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko’krak qafasining kengayishi xamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali lekin ko’pchiligining yurak qorinchasi to’liq bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo’ladi. Vena sinusi va arterial konuslari yo’q. Ajratish organi bo’lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug’lanish ichki, taraqqiyoti metamorfossiz o’tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo’lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi.


sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak – Lacerta agilis misolida ko’rib chiqamiz. Teri qoplag’ichlari. Amfibiyalarning teri qoplag’ichlaridan keskin farq qiladi va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidermisining tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta ro’l o’ynaydi. Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yo’q. Faqat kaltakesakrlarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalar bo’ladi. Bu teshikchalardan ko’payish vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling