Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

 
Sizning vazifalaringiz: 
 
1. Har doim bizning darslarimizni eshitayotganingizda qomatingizni tik tuting. Yelkalarni orqaga, 
ko‘krak oldinga, boshni, ko‘zlarni yuqoriga qaratamiz.
2. Chuqur-chuqur nafas oling. Agarda charchagan bo‘lsangiz ham 4-5 daqiqa chuqur nafas 
olsangiz, o‘zingizni ancha yaxshi his qila boshlaysiz. 
3. Til o‘rganayotganingizda har doim yoyilib jilmaying. Bu hatto soxta tabassum bo‘lsa ham, 
kayfiyatingizni ko‘taradi, mashg‘ulotlar uchun tayyor holatga keltiradi.
4. O‘rganish jarayonida har doim harakatda bo‘ling. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, agar darsni 
ishtiyoq bilan, ammo passiv holatda tinglasangiz, bir haftadan keyin olgan ma’lumotlaringizning 
10 foizigina esda qoladi. Agar yozib qo‘yilsa, 45–50 foiz, o‘rganilayotgan payt harakatda 
bo‘linsa va savollarga faol javob bersa, olingan bilimning 90–95 foizi esda qoladi. Demak, siz 
ham darslarimizni yurib eshiting. Harakatda bo‘ling. Savol-javoblarda faol ishtirok eting.
Darslarimiz davomida bu oddiy mashqlarni bajaring. Natijasi sizni hayratda qoldiradi. Aks 
holda sekinroq va kamroq natija olishga tayyor turing. 
Hissiyot 
 
Bu yerda faqat ikki narsa haqida ozgina gapirib o‘taman.


1. Kayfiyat. Til o‘rganish jarayonida rivojlantirishingiz kerak bo‘lgan yana bir narsa – yuqori 
kayfiyat. Buning yo‘llarini o‘zingiz ham bilasiz: yaxshi narsalar, maqsadlaringiz, ota-onangiz
sevgan kishingiz haqida o‘ylang yoki «Menda nimalar bor?», «Men nega baxtliman?» degan 
savollarga ijobiy javoblar keltiring (kamida 15 marta javob berishga harakat qiling). Bundan 
boshqa ko‘p yo‘llari borligini ham o‘zingiz bilasiz.
2. E’tibor. Bu muvaffaqiyatga erishtiruvchi eng katta kuchdir. Nimagaki e’tibor bersangiz, 
o‘sadi, rivojlanadi! Masalan, hozirgi paytda siz nimada muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsangiz, 
o‘shanga e’tibor qaratib kelyapsiz. Rus tilida erkin gaplashish uchun bor e’tiboringizni shunga 
qarating! Bu yo‘l so‘ngida qanday natijaga erishishingizni tasavvur qiling! Shu natija uchun har 
kuni bir soatdan vaqt ajratishga e’tibor qarating! Eng kuchli sportchilar mashg‘ulotlarga katta 
e’tibor qaratganlari sababli sport ustalari bo‘lishgan! Dunyoning eng boy odamlari o‘z moliyaviy 
hayotiga tinimsiz e’tibor bergani tufayli muvaffaqiyatga erishishgan. Siz ham rus tilini 
o‘rganishga va bu mashg‘ulotning kelajakdagi natijasiga e’tibor qarating! 
Yuqoridagi ikkita maslahatning har biri rus tilida yaxshi gapirishingizga katta yordam beradi. 
Agar boshqa jabhalarda ham bu maslahatlarning hech bo‘lmasa biridan foydalansangiz, istagan 
maqsadingizga erisha olasiz.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling