Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

4-qoida. Nima uchun shuncha ko‘p odam rus tilida gapira olmaydi? Men o‘z tajribam hamda 
izlanishlarim natijasida bitta xulosaga keldim: ular har bir darsni chuqur o‘rganishmaydi. Bugun 
bir mavzuni, ertaga ikkinchisini o‘rganib ketaveradi. Chuqur o‘rganish – bu chet tilini o‘rganish 
uchun asosiy kalit hisoblanadi.
Demak, darslarimizning har birini ko‘rsatilgandek eshiting. Ya’ni har bir darsni kamida 7 kun 
yoki 10 kun, kuniga kamida 1 soatdan vaqt ajratib, 20 martadan 30 martagacha (imkon bo‘lsa, 
yanada ko‘proq) eshiting. 40 marta tinglasangiz, juda zo‘r. 50 marta bo‘lsa, super. Shoshilmang. 
Sekin-sekin ildamlang. Sekin bo‘lsa-da, chuqur o‘rgansangiz, yaxshi gapirib ketasiz. Birdaniga 
ko‘p dars eshitish kerak emas.
4-qoidaning xulosasi: chuqur o‘rganing. 
5-qoida. Grammatikani hikoyalar yordamida o‘rganing. Bizning mashg‘ulotlarimizda ТЗ 
(точки зрения) darslari deb nomlangan darslar bor. Bu darslarda bir hikoya turli zamonlarda, 
masalan, avval o‘tgan, keyin kelasi, so‘ng hozirgi zamonda beriladi. Bir hikoyani har xil 
zamonda eshitaverganingizdan keyin o‘z-o‘zidan rus tilida zamonlardan to‘g‘ri foydalana 
boshlaysiz. Shu tarzda grammatikadan testlarni ham osonlik bilan yechasiz va yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishasiz.
5-qoidaning xulosasi: ТЗ hikoyalaridan foydalaning. 
6-qoida. Men ingliz tilim juda zo‘r deb o‘ylar edim. Toshkentga o‘qishga kelganimda 
amerikalik hamda avstraliyalik ingliz tilida gapiruvchilarni uchratib qoldim. Ingliz tilini 
qanchalik yaxshi bilmayin, ular bilan umuman gaplasha olmadim. Chunki ular juda tez 
gapirishardi, tushunib ulgurmasdim. Men biladigan salomlashish usullaridan umuman 
foydalanishmasdi. Boshqacha gapirishardi. Sezdimki, biz o‘rganayotgan va ular gapiradigan 
ingliz tili ancha farqli. O‘rganayotgan ingliz tilimiz haqiqiy amerikaliklar yoki avstraliyaliklar, 
britaniyaliklar gapiradigan jonli til emas, balki soxta bir narsa ekan. Siz haqiqiy rus tilini 
o‘rganing. Tezkor suhbatlar grammatikani tahlil qilib o‘tirishingizni kutmaydi. Siz birdaniga rus 
tilida o‘ylashni o‘rganing. Buni keyingi qoidamda tushuntirib ketaman.
6-qoidaning xulosasi: haqiqiy rus tilini o‘rganing, kitoblarda yozilgan soxta tilni emas. U til 
sizga umuman kerak bo‘lmaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling