Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Quyidagi ikki narsaga e’tibor qarating!


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

Quyidagi ikki narsaga e’tibor qarating! 
 
Nega? degan savolga javob bering. O‘zingizdan so‘rang:
– Nega chet tilini o‘rganyapman? 
Masalan, «TOEFL yoki IELTS sertifikatini olmoqchiman» deya javob berishingiz mumkin. 
Keyin yana so‘rang. 
– Nega TOEFL yoki IELTS sertifikatini olmoqchiman? 
– Universitetga o‘qishga kirish uchun. 
– Nega universitetga o‘qishga kirmoqchiman? 
– Meni qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab do‘stlar orttirish hamda ishga kirish uchun. 
– Nega ishga kirmoqchiman? 
– Oilamga yaxshi sharoitlar yaratib berish uchun. 
– Yana-chi? 
– Dunyo bo‘ylab sayohat qilish, turli millat insonlari bilan gaplashish uchun. 
Demak, sizning til o‘rganishdan asosiy maqsadingiz TOEFL yoki IELTS sertifikati emas 
ekan-da. Asosiy maqsadingiz ko‘plab do‘stlar orttirish, dunyo bo‘ylab sayohat qilish hamda, eng 
muhimi, oilangiz uchun yaxshi turmush sharoiti yaratib berish ekan. Arziydi! Shu salmoqli sabab 
uchun chet tilini albatta o‘rganing. Shunda har qanday mashaqqatni osonlik bilan yengib o‘tasiz.
O‘rganish jarayonida nima qilishingiz, qanday vazifalarni bajarishingiz kerakligiga emas
erishilajak natijlarga e’tibor qarating.
Masalan, bugun chet tilidan 1 soat dars eshitishim kerak deya qilinishi kerak bo‘lgan ishni 
birinchi planga olib chiqmang. Aksincha, olti oydan keyin rus tilida yaxshi gapirish hamda uch-
to‘rt yilda oilamga to‘kin hayot yaratib berish uchun bugun 1 soat rus tili bilan shug‘ullanishni 
xohlayman deb o‘ylang.
Men bu strategiyani boshqa maqsadda qo‘lladim. Doim sport bilan shug‘ullanishim kerak edi. 
Lekin ertalab barvaqt turishni, sovuq havoda yugurishni, ya’ni ozgina mashaqqat chekishni 
o‘ylab shu ishni hech boshlay olmayotgandim. Endi esa sport zaliga borish oldidan bugun 
yugurishim, mashq qilishim kerak deb o‘ylamayman. Sog‘-salomat ota-onamning yonida kulib 
yurish, har doim yaqinlarimga suyanchiq bo‘lish, kun davomida o‘zimni serquvvat his etish 
uchun hozir sport zaliga borishni xohlayman deyman. Bu ikkala usulda ham e’tibor nega degan 
savolga qaratilgan va so‘nggi natijani ko‘zlab harakat qilish nazarda tutilgan. Demak, rus tilini 
o‘rganishda ham shu sistemadan foydalaning deyman! 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling