Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

2-qoida. Ko‘pchilik chet tilini o‘rganishdan asosiy maqsad gaplashish, muloqot qilish ekanini 
unutib qo‘yadi. Buning oqibatida faqat «grammatik olim»lar yetishib chiqmoqda.
O‘zim 11 yil davomida ingliz tilini o‘rganib «grammatik olim» bo‘lgan edim. Darslarda 
grammatika qoidalari bobida kursdoshlarimni, hatto ba’zan universitet o‘qituvchilarini ham mot 
qilib qo‘ya olardim. Lekin shunchalik kuchli grammatika ham erkin gapirishga yordam bera 
olmagan. Bu hol faqat menda emas, balki dunyo bo‘ylab juda ham ko‘plab o‘quvchilarda 
takrorlanyapti. Ushbu kitob esa «grammatik olimlar» emas, balki rus tilida erkin gaplasha 
oladigan odamlarni tarbiyalashga mo‘ljallangan. 
2-qoidaning xulosasi: grammatik qoidalarni o‘qishni to‘xtating. Grammatikasiz to‘g‘ri 
gapirish mumkinmi? Mumkin. Qanday deysizmi? Birozdan so‘ng bilib olasiz. 
3-qoida. Yosh bolalar bir-ikki yoshdan gapirishni boshlashadi. Ular 1-2 yil kechalari bilan 
grammatika o‘rganib chiqishadimi? Aslo yo‘q. Chet elda bir necha yil yurganlar qanday qilib 
o‘sha tilni yaxshi o‘rganib ketadi? Har ikkalasida ham qobiliyat umuman ahamiyatga ega emas 
(menimcha, har birimiz albatta biror sohada qobiliyatlimiz).
Xo‘sh, ular buni qanday eplaydi? 
Yosh bolalar ko‘p eshitishadi. Eshitish yordamida ong ostida (ingliz tilida subconsciously) 
gaplarning tuzilish shakllari o‘rnashib qoladi. Shu sababli ular keyin osonlik bilan gapira 
olishadi. 
Yoshi katta o‘rganuvchilar esa o‘rgangan tilini tezda amalda qo‘llaydi, shu sababli chet 
davlatda yashayotganlar o‘sha mamlakat tilini oson o‘rganishadi.


Darslarda mana shu holatar e’tiborga olinsa va zarur sharoit yaratilsa, 6 oy davomida ong 
ostida gap shakllari mustahkam o‘rnashib qolishini, bu esa tilni osonlik bilan o‘zlashtirishga olib 
kelishini tadqiqotlar tasdiqladi.
Demak, yana bir qoida yaratamiz. Bu qoidamiz 3 qismdan iborat. 
1. Tinglang. 2. Tinglang. 3. Tinglang. 
6 oy davomida rus tilini faqat eshiting. Yosh bolalar asosan oson va tushunarli bo‘lgan 
gaplarni eshitadi. Siz ham osongina, tushunarli nutqlarni tinglang.
*Agar mazkur kitobdagi darslarimizning so‘zlarini tushunmasangiz, tinglash payti tarjimasiga 
qarab boring. Toki kitobga qaramasdan bemalol tushuna oladigan darajaga yetguningizcha 
tarjima hamrohligida tinglang. Esingizda tursin, 6 oy mobaynida shunchaki darsdan darsga o‘tib 
ketaverish maqsadga muvofiq emas. Shu olti oy davomida o‘zingizni rus tilini o‘rganishda 
erishajak g‘alabangizga to‘liq bag‘ishlang! 
3-qoidaning xulosasi: Tinglang! Tinglang! Tinglang! 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling