Xalqimizning millat urf-odatlariga, qadriyatlariga amal qilishida tartib-intizom ustuvor masaladir. Millatimizda madaniy tolerant tafakkur mavjud. Mentalitetimizdagi milliy qadriyat hisoblanayotgan ma’naviy fazilatlarimiz millat madaniyatini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. - Xalqimizning millat urf-odatlariga, qadriyatlariga amal qilishida tartib-intizom ustuvor masaladir. Millatimizda madaniy tolerant tafakkur mavjud. Mentalitetimizdagi milliy qadriyat hisoblanayotgan ma’naviy fazilatlarimiz millat madaniyatini rivojlantiruvchi omil hisoblanadi.
- Kiyinish madaniyatidagi “uyat”, or-nomusdagi “iffat”, oʻzbekona muomaladagi “ibo-hayo” qonunga amal qilishdagi “itoatkorlik”, oʻzaro munosabatdagi “ibrat”, tarbiya jarayonidagi “sabr-toqat”, hamkorlikdagi “birodarlik” sanoqdagi chegara bilmas bu qadriyatlarimiz bugungi kunda ilmiy ta’rifiga va izohiga ega. Shu kabi qadriyatlarni hayotga amaliy tarzda yetkazib berishda axloqiy tarbiyaning oʻrni juda katta.
- “Tolerantlik” tushunchasining pedagogik jihatlarini madaniy, ilmiy tadqiq etish asosida mazkur jarayonda avvalo insonning ichki munosabatlariga nisbatan tashqi olamning ijobiy va anglangan munosabati hamda ular oʻzaro hamkorligini oʻrnatishga qaratish lozim.
- Ilmiy tolerant tafakkur insonlarning turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy munosabatlarni ratsional tuzishda yordam beradi
Tolerantlik dunyoviy davlatning eng zarur ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlaridan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat va axborotlashgan jamiyat qurish yoʻlidan borar ekan, tabiiy ravishda, madaniy, ilmiy tolerant tafakkurini butun aholi, xususan yoshlar ongida shakllantirish masalasi dolzarb hisoblanadi. - Tolerantlik dunyoviy davlatning eng zarur ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlaridan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat va axborotlashgan jamiyat qurish yoʻlidan borar ekan, tabiiy ravishda, madaniy, ilmiy tolerant tafakkurini butun aholi, xususan yoshlar ongida shakllantirish masalasi dolzarb hisoblanadi.
- Bugungi kunda “dunyoviylik” va “diniylik” tushunchalari hamda ularning ijtimoiy-falsafiy mazmunini tahlil qilish oʻta dolzarb ijtimoiy- gumanitar muammolardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, dunyoviylik va diniylik tushunchalari qadimdan koʻpgina olimlar, mutafakkirlar va diniy ulamolar tomonidan bir-birini inkor etuvchi hamda qarama-qarshi tushuncha va aspektlar sifatida oʻrganildi, bir- biriga zid ikki tamoyil sifatida anglab kelindi.
- Din abadiy va haqiqiy dunyo sifatida gʻayritabiiy dunyoni e’tirof etadi va insonning real dunyodagi hayotini abadiy dunyoga oʻtish yoʻlida bir vosita deb oʻrgatadi. Dunyoviylik esa obyekt sifatida moddiy olamni oʻrganish va oʻzgartirishga harakat qiladi. Ammo diniylik va dunyoviylik tushunchalarini bir-biriga qarshi qoʻyish emas, balki bir- birini taqozo qiluvchi jarayon sifatida oʻrganish lozim. Buning uchun ushbu tushunchalarning mohiyatini falsafiy jihatdan tahlil qilish ularning konsensusga erishishini ta’minlaydi. Mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni va demokratik taraqqiyotni ta’minlashning metodologik asosi dunyoviylikdir. Dunyoviylik dahriylik emas, ayni vaqtda diniylik ham emas. U oʻz ichiga tolerantlikni qamrab olgan boʻlib, qarama- qarshi tomonlarning yakdillikka erishishi uchun zamin yaratadi.
- Tarixdan bugungi kungacha dunyoviylik va diniylik tushunchalariga nisbatan turlicha yondashuvlar boʻlgan. Ularning mohiyatini ontologik va gnoseologik nuqtayi nazardan tahlil qilish diniylik va dunyoviylik oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlashga nisbatan yangi mexanizmlarning yaratilishiga xizmat qiladi. Tadqiqotchi-olim T.Karim fikriga koʻra, kishilarning dunyoga munosabatlari mazmunan toʻrt xilda namoyon boʻladi: 1) diniy mutaassiblik; 2) diniy bagʻrikenglik; 3) dunyoviylik; 4)dahriylik
Do'stlaringiz bilan baham: |