Jumaqulov elbekk ss--81


Download 133.39 Kb.
bet3/8
Sana14.12.2022
Hajmi133.39 Kb.
#1003682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SH. JUMAQULOV (1)

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi” deb belgilangan.

  • Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi” deb belgilangan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam oʻrin egallayotgan bagʻrikenglik tamoyili toʻgʻrisida "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda soʻzlagan nutqida shunday deydi: “Sizlarga yaxshi ma’lum, bizning davlatimiz koʻp millatli va koʻp konfessiyali davlat. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos boʻlgan bagʻrikenglik an’analari muhim rol oʻynamoqda. Ana shu haqiqatning tarixiy tasdigʻi sifatida bir misol keltirmoqchiman.
  • Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur davrida bunyod etilgan, Doniyor paygʻambar nomi bilan ataladigan maqbara islom, xristian va yahudiylik dini vakillari tomonidan birdek e’zozlanadi.
  • El-yurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlugʻ qadamjoni asrab- avaylab, obod qilib, unga hurmat-ehtirom koʻrsatib kelmoqda. Shu birgina misolning oʻzi olijanoblik, ezgulik va tom ma’nodagi bagʻrikenglik fazilati xalqimiz tabiati, mentaliteti asosini tashkil etishidan dalolat beradi. Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qoʻyilgan. Ularga oʻz milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
  • Koʻp millatli Oʻzbekiston davlati tamoyillaridan biri tolerantlik, diniy bagʻrikenglik gʻoyalaridir

Respublikamizda turli din vakillarining hech qanday toʻsiqlarsiz oʻz dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Fuqarolar e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda diniy tashkilotlarga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashlari va adabiyotlarni nashr etishlari, diniy bayram va marosimlarini oʻtkazishlari, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil etishlari kafolatlandi
Tolerantlik tafakkuri millatlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi sharoitida o‘zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, anglash jarayoni hamda o‘zaro barqarorlik tafakkurini bildiradi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an'analarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda

Download 133.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling