Jumaqulov elbekk ss--81


Dinning mohiyatini toʻliq yoritish uchun avvalo “dunyoviylik” tushunchasini ham ijtimoiy-falsafiy nuqtayi-nazardan tahlil qilish kerak boʻladi


Download 133.39 Kb.
bet7/8
Sana14.12.2022
Hajmi133.39 Kb.
#1003682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SH. JUMAQULOV (1)

Dinning mohiyatini toʻliq yoritish uchun avvalo “dunyoviylik” tushunchasini ham ijtimoiy-falsafiy nuqtayi-nazardan tahlil qilish kerak boʻladi.

  • Dinning mohiyatini toʻliq yoritish uchun avvalo “dunyoviylik” tushunchasini ham ijtimoiy-falsafiy nuqtayi-nazardan tahlil qilish kerak boʻladi.
  • Dunyoviylik tushunchasining ilmiy ta’rifini keltirish juda murak- kab vazifadir. Hozirgi kunda dunyoviylik tushunchasini keng izohlab beruvchi umume’tirof etilgan ta’rif yoʻq.
  •  Agressiv ateizm gʻoyasi hukmron boʻlgan sobiq sovet tuzumi davrida ham bu tushuncha aniq va teran izohlab berilmagan. Lekin bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, shu vaqtgacha koʻpgina olimlar tomonidan “dunyoviylik” tushunchasiga berilgan ta’riflarga uchta xususiyat xos: 1) dunyoviylik tushunchasi aksariyat hollarda diniylik tushunchasiga qarama-qarshi muxolif tushuncha sifatida oʻrganilgan; din salbiy ma’noda ifodalangan; 3) tushunchaning mazmunini ifodalashda qarama-qarshiliklar mavjud va ichki ziddiyatlarga toʻla. Umuman olganda, dunyoviylik tushunchasi semantik mazmunining asosi uning dinga nisbatan oʻziga xos munosabatini ifodalashda yotadi.

Yevropa XVIII–XX asr ijtimoiy fikr taraqqiyotida “dunyoviylik” mohiyatini talqin etishning uchta asosiy turini farqlashimiz mumkin:

  • Yevropa XVIII–XX asr ijtimoiy fikr taraqqiyotida “dunyoviylik” mohiyatini talqin etishning uchta asosiy turini farqlashimiz mumkin:
  • Diniylikka qarshi dunyoviylik. Bu dunyoviylikning dinga nisbatan yashirin yoki oshkora qarama-qarshiligini bildiradi. Ushbu izohga koʻra dinni mutlaqo inkor etish, ateizm tamoyiliga asoslanish ushbu talqinning oʻziga xos xususiyatidir. Akademik L.N.Mitroxinga koʻra dunyoviylik va diniylik “nur” hamda “zulmat” sifatida koʻriladi. Shu bilan birga agressiv xususiyatga ega boʻlib, “kim biz bilan boʻlmasa, bizga qarshi” tamoyiliga asoslanadi110. Ushbu turda “dun- yoviylik” va “diniylik” bir-biriga zid aspektlar sifatida ta’riflanadi.
    • Diniy boʻlmagan dunyoviylik. Bu dunyoviylik tushunchasining nisbatan kengroq talqini boʻlib, dinga qarshi emas, ammo dindan oraliq masofani saqlash tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni dinga qarshi dunyoviylik talqinining liberallashgan variantidir. Ushbu talqinga koʻra faqat “diniy” deb atalmagan kontentni “dunyoviy” deb atash mumkin yoki aksincha.
    • Diniylikni inkor etmagan dunyoviylik. Bu dunyoviylik talqinining eng keng, mafkuraviy jihatdan betaraf va falsafiy nuqtayi nazardan ta’riflangan variantidir. Ushbu talqin dunyoviylikning dindan mustaqilligini ta’kidlaydi. Dunyoviylikning bu talqini asosida dinning obyektiv yoʻqligi yoki subyektiv rad etilmasligi, shu bilan birga “dunyoviylik dahriylik emas, ayni vaqtda dinsizlik ham emas” tamoyiliga asoslanganligi bilan xarakterlanadi.

Download 133.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling